***
Qiz dugonasiga dedi:
— Bilasanmi, men ilgarigidek erkaklarga yomon nazar bilan qaramaydigan bo’ldim. Eng asosiysi, mehribon, e’tiborli, og’ir-bosiq bo’lsa bas. Sen nima deb o’ylaysan? Shunaqangi bankirlar hozir ham bormikan?
***
— Og’ayni, besh yashar qizchangni kim bilan qoldirib kelding? Bir o’zi uyda qo’rqib ketmaydimi?
— Yo’q, uni televizor qarshisiga o’tqazib: “Qizim, diqqat bilan tomosha qil. Anavi ayol hov anavisini bo’g’ib o’ldirishi bilan onang keladi” deb tayinladim.
***
Avtobusda 15-16 yashar atrofidagi ikki qiz ketib borardi. Bekatlardan birida kelishgan yigit chiqdi-da, jilmayib dedi:
— O’, qanday go’zal qizlar!
— Ahmoq!
— Xo’-o’p, hazillashdim, hazillashdim…
***
Erkak poezdda ketayotib qarasa, oyna oldida bir ayol yig’lab turibdi. Undan so’radi:
— Nega yig’layapsiz?
— Erim bekatda gazeta olish uchun pastga tushgandi. Poezd yurib ketib qoldi.
— Ha, sizga achinaman. Poezdda gazetasiz yo’l bosish dahshatning o’zi!
***
Ikki yigit qahvaxonada suhbatlashyapti:
— Bilasanmi, ota-onamning qaramog’ida yashash jonimga tegdi.
— Nima, ishga kirishga ahd qildingmi?
— Yo’q, bobomning qaramog’ida yashab turaman.
***
Yangi turmush qurgan kelin-kuyovlar divanda bir-birlarini quchgancha o’tirishardi. Kelin so’radi:
— Nima haqida o’ylayapsiz?
— Sen nimani o’ylasang, men ham shu haqda o’ylayapman.
— Zo’r! Unda menga non orasiga kotlet emas, kolbasa solib buterbrod tayyorlang!
***
Ikki chumoli uchrashib qolishdi. Biri oppoq edi. Sherigi so’radi:
— Nima bo’ldi? Nega oqarib ketding?
— Tog’da ketayotgandim. Jarga tushib ketdim. Endi yuqoriga chiqaman desam, bir barmoq orqaga surib yuboraverdi. Jahlim chiqib barmoqni tishlagandim, tepamdan qatiq to’kib yuborishdi.
***
Ona timsoh o’g’lidan so’radi:
— Esingdami, dadang haqida gapirib, uni bir kun albatta senga ko’rsatishga va’da bergandim.
— Esimda.
— Unda narigi sohilga qara.
— Qaradim. Qandaydir erkak turibdi.
— Sen uning yelkasidagi sumkasiga nazar sol. Xudda o’sha sumka sening dadang bo’ladi.
loading…