XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

SUVARAK HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Yer yuzida 4640 ta suvarak turi mavjud.

2. Yoshi ulug’ suvaraklarning bo’yi 1, 7 dan 9, 5 santimetrgacha yetadi.

3. Suvarakning ikkita katta-katta ko’zlari bor. Yana ikkita kichik ko’zi ham mavjud. Qanotsiz suvarak turlari esa ko’r bo’ladi.

4. Suvarak yer yuzida sodir bo’ladigan har qanday dahshatli falokatlardan keyin ham tirik qola biluvchi yagona jonzotdir. Ularni yadro quroli ham o’ldira olmas ekan.

5. Suvarak 1 oy ovqatsiz, bir hafta suvsiz yashay oladi. Agar boshini tanasidan judo qilsangiz, olti oygacha yashab qoladi.

6. Madagaskarda dunyodagi eng yirik suvarak turi yashaydi. Ularning bo’yi 6-10 santimetr atrofida bo’ladi. Bu yerda suvaraklar poyga uchun atayin boqiladi. Odamlar suvarak poygalari tashkil etib, katta pul tikishadi.

7. Suvarakning go’shti tarkibidagi oqsil tovuqnikiga nisbatan ikki hissa ko’proq bo’ladi.

8. Xitoyda maxsus yetishtirilgan suvaraklarni shakarga botirib yeyishadi. Bu xitoyliklar uchun alohida desert sanaladi.

9. Xalq tabobatiga aloqador odamlarning gapiga ko’ra, qora rangli suvaraklar odamni ko’plab xastaliklardan xalos eta olarkan.

10. Yevropa va Osiyoda yashovchi malla suvaraklar -5 daraja sovuqqa ham chiday olmay o’lim topadi. Shuning uchun qadimda suvarakdan qutulish uchun odamlar derazaning tashqari tarafidagi tokchasiga atayin non uvoqlari va shu kabi ovqat qoldiqlarini qo’yishgan. Ovqat ilinjida chiqib kelgan suvarak sovuqqa dosh bera olmay halok bo’lavergan.

11. Suvarakning yaqin qarindoshi sifatida termitlar tilga olinadi.

12. Suvarakning ayrim turlari uchishni qoyillatadi.

13. Suvarak har 4 soatda o’zidan fanga noma’lum zaharli gaz chiqaradi.

14. Suvarak chalqancha yotib qolsa, o’zi mustaqil tarzda o’rnidan tura olmaydi. Shunday holatda o’lim topadi.

15. Suvarakning o’pkasi bo’lmaydi. U tanasidagi barcha to’qimalardan nafas olish uchun ham foydalanadi.

16. Suvarak odamzod uchun o’ta zararli qumursqa hisoblanadi. U infeksiya tarqatadi, o’simliklarni o’ldiradi.

17. Suvarak tungi qumursqa sanaladi. Lekin quyoshdan ham qo’rqmaydi.

18. Suvaraklar odamdan o’lgudek qo’rqadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…