Eng sarguzashtbop davlatlar reytingi – O'zbekiston nechanchi o'rinda?

Buyuk Britaniyaning The Telegraph gazetasi 50 ta sarguzashtli turistik yo’nalishlar ro’yxatini tuzib chiqdi. Reytingning eng yuqori o’rnida O’zbekiston turibdi.

“O’zbekiston rivojlanmoqda. Mamlakatda viza talablarining yengillashtirilishi tufayli u yerga tashrif buyuruvchilar soni ko’paydi. Qolaversa, Joanna Lamlining mualliflik dasturi ham bunga turtki bo’ldi. Lamli muallifidagi “Buyuk ipak yo’li sarguzashtlari” sayohat dasturi Navro’z bayrami misolida O’zbekistonni ilk marta ko’rsatib berishdi. Dasturda Xiva, Buxoro, Samarqand kabi ajoyib joylar tasvirlangan.

Mahalliy oilalar va yuqori darajadagi restoranlarda ovqatlanish, an’anaviy yog’och o’ymakorligi bilan yaqindan tanishish, kulollar ishi va moda dizaynerlarini tomosha qilish, “Ko’pkari” milliy o’yinlarini borib ko’rish shular jumlasidandir”, deb yozadi The Telegraph.

Nashrning ma’lum qilishicha, Navro’z kunlari O’zbekistonga 11 kunlik safar narxi 3550 funtdan boshlanadi. Bu qiymat o’z ichiga, aviachiptalarni qo’shmagan holda, turar joy, ovqatlanish va transport xarajatlariga sarflanadi.

Sargo’zashtbop davlatlarning 50 talik ro’yxatiga, jumladan, quyidagi mamlakatlar ham e’tirof etilgan:

1. O’zbekistonda Navro’z
2. Keniya savannalari
3. Butandagi Oltita hissiyot deb atalmish yangicha “kulbalar”
4. Nikaraguaning mahalliy aholisi bilan tanishish
5. Pokistonning Hindukush tog’lari
6. Rossiyaning Murmansk oblastida yashovchi sami xalqi bilan tanishuv
7. Argentina va Chilida Janubiy Amerika tarixiga sayohat
8. Kashf etilmagan Malavi (Afrika)
9. Finlyandiyada shimol yog’dusi
10. Shimoliy Amerikada joylashgan Gayana junglilari va qishloqlari
11. Buyuk Xitoy devori, Tyananmen maydonida varrak uchirish, pandalar
12. Norvegiyaning betakror tabiati va qutb ayiqlari
13. Kolumbiyadagi tropik o’rmonlar, tog’lar va sharsharalar
14. Livanning betakror go’shalari
15. Grenlandiya orolidagi tundra va chang’i uchish
16. Buyuk Britaniya milliy bog’lari va vodiylari
17. Portugaliya tog’lari aro velosipedda sayohat, Madeyra oroli
18. And tog’lari orqali Argentinadan Chiliga qadar elektrovelosipedda borish
19. Yangi Zelandiyaning musaffo tabiati
20. Yaponiyaning so’lim va tinch qishloqlari bo’ylab piyoda safar – Alp tog’laridagi qadimiy samuraylar yo’li
21. Sloveniyadagi Yogar vodiysi – cho’qqi va sharsharalar, o’rmon sayohati, yoga va meditatsiya darslari
22. Peruni piyoda kezish – Machu Pikchu va inklardan qolgan boshqa yodgorliklar
23. Italiyaga safar
24. Avstraliya bo’ylab piyoda va qayiqdagi sayohat
25. Ingliz kanalidagi Uayt oroli
26. Karib dengizidagi Dominika oroli
27. Albaniya, Kosovo va Shimoliy Makedoniyaga poezd va paromda sayohat
28. Avstraliyadagi Marjon qirg’oqlari
29. Gibraltar bo’g’ozidan o’tib, Marokash shaharlarini kezish
30. Alyaskaning yovvoyi tabiati bag’rida mototsiklda sayohat qilish
31. Namibiya, Botsvana va Zimbabve (Viktoriya sharsharasi)
32. Tojikiston va Qirg’iziston manzaralari – ko’llar, Pomir va Fon tog’lari etaklarida piyoda va avtomobilda sayr (Afg’onistonning Vohan yo’lagiga qadar)
33. Bepoyon Kanada bo’ylab poezd sayohati – shimoldagi tog’li Yukon hududi, qor ustida piyoda yurish, muz ustida baliq ovlash, shimol yog’dusi
34. Irlandiyaning qoyali kengliklari, qadimiy qasrlar va shaharlar
35. Shotlandiyaning ko’k-yashil dengizli orollar arxipelagi, konoeda eshkak eshish, delfinlar
36. Sudan – Qizil dengiz sohillaridagi plyajlar, motorli qayiqda betakror manzaralar
37. Avstraliya atrofida 27 kunlik kema sayohati
38. Seyshel orollari (Afrika sharqida) – yaxtada sayr, o’ziga xos plyajlar va ekspeditsiyalar
39. Karib dengizi bo’ylab kichik kemada bir haftalik sayohat
40. Shri-Lanka tabiatidan bahra olish va ijtimoiy loyihalarda volontyor sifatida qatnashish
41. Kanadaning Manitoba provinsiyasi – kit, delfin va qutb ayiqlari (tag qismi shaffof oynali qayiq)
42. Norvegiya qirg’oqlarida kitsimon baliqlar makoniga sayr
43. Ispaniya qirg’oqlari, o’rmon va shaharlari
44. Braziliya yovvoyi tabiati bilan tanishish – yaguarlar, dengiz fillari, kitlar va pingvinlar
45. Mo’g’uliston – faol vulqonlar, qimirlab turuvchi muzli ko’llar
46. Osiyo bo’ylab 26 haftalik sayohat – Istanbul (Turkiya), Katmandu (Nepal), Boku (Ozarboyjon), Kaspiy dengizida paromlar, Kavkaz, Markaziy Osiyo, Himalay va Qoraqo’ram tog’lari, Toj Mahal va boshqalar.
47. Syerra-Leone – Afrika yovvoyi tabiati, Banan orollari, Krio qishlog’i, Fritaun
48. Chiliga astronomik sayohat – 14 dekabrdagi to’liq Quyosh tutilishini Atakama sahrosida joylashgan mashhur sayyohlik observatoriyasida kuzatish
49. Astronomlar bilan «Yangi olimning yangi fazosi: o’tmish va kelajakka sayohat» nomli tur (AQSh) – NASA muzeylari, Rozuellning NUJ markazi, “Very Larga Array” radioto’lqin observatoriyasi, “Virgin Galactic”ning fazo porti
50. Nepaldagi Buyuk Himalay trassasi bo’ylab tog’ sayohati.

 

qalampir.uz