Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy “Liderlar” toifasidagi eng nufuzli shaxslari

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Time jurnalining “Liderlar” toifasidagi eng nufuzli shaxslar reytingiga kiritildi.

Zelenskiy haqidagi eslatmani AQSh prezidenti Jo Bayden, Putin haqida esa Aleksey Navalniy yozgan.

Ro’yxatda rossiyaliklar orasida Nobel mukofoti sovrindori Dmitriy Muratov, ukrainaliklar orasida esa “Ukrayinska pravda” internet nashri bosh muharriri Sevgil Musayeva ham bor.

Reytingdan AQSh prezidenti Jo Bayden, Germaniya kansleri Olaf Shols, Xitoy rahbari Si Szinpin, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ham bor.