«Oltin to'p»ni topshirish marosimi sanasi belgilandi

France Football nashri 2022 yilgi mavsum yakunlariga ko’ra, yilning eng yaxshi o’yinchisiga topshiriladigan «Oltin to’p» taqdirlash marosimi qachon o’tkazilishini rasman e’lon qildi.

Qayd etilishicha, France Football nashri sovrin uchun da’vogarlar nomini 12 avgust kuni e’lon qiladi. Sovrin esa 17 oktyabr kuni rasman topshiriladi.

Eslatib o’tamiz, 2021 yilda ushbu sovrin 7-marta «PSJ» hujumchisi Lionel Messiga topshirildi.