Kilian Mbappe nima uchun «Real»ga rad javobini berdi?

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe nima uchun «Real»ga o’tmaslikka qaror qilganini tushuntirdi.

«Real» bilan kelishuvim yo’q edi. Biz shartnomani muhokama qildik, keyin men tanlov qildim. «Real»ning hafsalasi pir bo’lganini tushunaman, ulardan juda minnatdorman. «Real»ni rad etmadim, lekin «PSJ»ning taklifini qabul qildim. Men uchun klubni erkin agent sifatida tark etishga hali erta», – deya Mbappening so’zlarini keltiradi Le Parisien.

Eslatib o’tamiz, 23 yoshli Mbappe «PSJ» bilan shartnomasini 2025 yilning yoziga qadar uzaytirdi. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, hujumchi 300 million yevro bonus oladi. Bundan tashqari, fransiyalik futbolchining maoshi yiliga 100 million yevrogacha ko’tariladi.