XVII asrda qurilgan va Turkiyaning olti minorali birinchi masjidi hisoblangan Sulton Ahmad jome masjidi Istanbulning eng ko’zga ko’ringan me’moriy inshootlaridan biri sifatida mahalliy va xorijiy sayyohlarning e’tiborini tortib kelmoqda.
Binoning arxitektura va san’at jihatidan eng diqqatga sazovor tomoni 20 000 dan ortiq Iznik koshinlari bilan bezatilganligidir. Ushbu koshinlarni bezashda sariq va ko’k rangdagi an’anaviy o’simlik naqshlarining ishlatilganligi, binoning faqatgina ibodat joyiga aylanib qolmasligini ta’minlagan.
Masjidning namozgohi 64×72 metrni tashkil qilsa, 43 metr balandlikdagi markaziy gumbazning diametri esa 23,5 metrdan iborat. Masjidning ichki qismi 200 dan ortiq rangli oynalar bilan yoritilgan bo’lib, uning yozuvlari Diyarbakirlik Seyyid Qosom Gubariy tomonidan yozilgan. Sulton Ahmad Turkiyaning olti minorali birinchi masjidi hisoblanadi. Ushbu tarixiy me’moriy inshootning qurilishi va masjiddagi olti dona qalam shaklidagi minoraning siri ko’plab tarix ixlosmandlari va sayyohlarni hayratda qoldiradi.
Sulton Ahmad masjidi 1609-1616 yillar oralig’ida Sulton Ahmad I tomonidan me’mor Sedefkar Mehmed og’aga qurdirilgan. Turk-islom madaniyati nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega bo’lgan bu masjidning qurilishiga ko’pchilik ishtirok etgan.
Sulton, davlat arboblari va ko’plab aholi ishtirok etgan masjid qurilishi 7 yil 5 oy 6 kun davom etgan.
Sulton Ahmad masjidining xususiyatlari – arxitektura tuzilishi
Sulton Ahmad masjidi ijtimoiy majmua sifatida ham Istanbulning eng buyuk yodgorliklaridan biridir. Majmua masjid, madrasalar, do’konlar, turk hammomi, favvoralar, kasalxona, boshlang’ich maktab va karvonsaroydan iborat. Ushbu tuzilmalarning ba’zilari hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Birdan ortiq maqsadlarga xizmat qiladigan Sulton Ahmad masjidi xalqning ehtiyojlarini qondirish nuqtai nazaridan ham e’tiborlidir.
Sulton Ahmet masjidi haqida siz eshitmagan qiziqarli faktlar
Sulton Ahmet masjidida nafaqat turk ziyoratchilarga, balki xorijlik mehmonlarga ham va’z qilinadi. Juma namozi va diniy bayramlarda turk tilida o’qiladigan va’zlardan so’ng mas’ul imomlar tomonidan inglizcha ma’ruzalar ham o’qiladi. Islom dinining go’zalliklari ingliz tilida ifodalanadi.
G’arbda Sulton Ahmad masjidi qurilishida ko’k va oq koshin ko’p miqdorda foydalanilganligi tufayli Moviy masjid deb ham e’tirof etiladi. Chet el manbalarida Istanbul haqidagi sayohat maqolalariga ko’z tashlar ekansiz, bu masjidni Moviy masjid (Blue mosque) nomi bilan tasvirlanganligini ko’rishingiz mumkin. Sulton Ahmad masjidining yana bir qiziq xususiyatlaridan biri, tashrif buyuruvchilarga muqaddas joyga kirganligini bildiruvchi osma temir simlarning borligi hisoblanadi. Ya’ni, kirish eshigiga tepadan osilgan temir similar sababli, insonlar masjidga biroz egilib kiradilar. Bu simlar esa, ziyoratchilarning bu muqaddas dargohga hurmat bajo aylagan holda kirishlari uchun osilgan.
Avliyo Chalabiyning manbalarda keltirgan rivoyatiga ko’ra, Ko’k masjiddagi qandillar Misrning 100 ta xazinasi bilan tengdir. Hamda, Sulton Ahmad I o’z davrida o’ziga kelgan qimmatbaho sovg’alarni ushbu masjid me’morchiligiga bag’ishlagan.