«Barselona» klubi rahbariyati yozgi transfer oynasida hujum chizig’ini kuchaytirish rejalarini tuzgan.
Mundo Deportivo xabariga ko’ra, Kataloniya klubi Erling Holand transferi borasida «Borussiya» bilan kelisha olmagan taqdirda, bor e’tiborini «Liverpul» forvardi Muhammad Salohga qaratadi.
Klub prezidenti Joan Laporta liverpulliklar yetakchisini 60-70 million yevro evaziga taklif etish mumkinligiga ishonmoqda. Misrlik hujumchining amaldagi kelishuvi 2023 yilda yakuniga yetishi bois, «Liverpul» rahbariyati bir yilga tavakkal qilmay, tez orada 30 yoshni qarshi oladigan forvardini transfer qilishga rozilik bildirishi mumkin.
Qayd etilishicha, «Barselona» allaqachon futbolchining atrofidagilardan uning muhitni o’zgartirish istagi haqida xabar topgan. Saloh 2017 yildan buyon Mersisayd klubida to’p surmoqda.