Turkiyaning eng manzarali suv osti mo''jizalari joylashgan manzillar

Qora dengiz, Marmara, Egey va O’rta yer dengizlari bo’ylab sakkiz ming kilometrdan ortiq qirg’oq chizig’i bilan o’ralgan Turkiya o’zining shaffof va feruza dengizlari tubiga sayohat qilib, dengiz osti ajoyibotlaridan bahramand bo’lishga taklif etadi.
Suv osti dunyosida dengiz jonivorlariyu turli xil noyob baliqlarni yaqindan ko’rishni istasangiz quyidagi ma’lumotlar aynan siz uchun.

Tarixan qadimiy sivilizatsiyalar va dengiz savdo yo’llari chorrahasida joylashgan Turkiya yil davomida barcha darajadagi g’avvoslarni mamlakatni o’rab turgan 4 dengiz sohili bo’ylab suv osti dunyosini tomosha qilish uchun kutib qoladi.

Turkiyaning boy suv florasi va faunasi, qadimda va hozirgi kunimizda halokatlar natijasida suv tubiga g’arq bo’lgan kemalar va ko’p asrlik tabiiy boyliklar kashf etilishini kutmoqda.

Ming yillar davomida muhim dengiz savdo yo’li markazlari bo’lgan Turkiya g’avvoslarga sakkiz ming kilometrlik qirg’oq bo’ylab insoniyat tarixining izlarini o’rganish uchun mislsiz imkoniyatni taqdim etadi.

Keling, Turkiyaning dengizlari tubiga sho’ng’ib, marjon qoyalari va kema halokatlari qoldiqlari natijasida paydo bo’lgan eng go’zal sho’ng’ish manzillariga ko’z tashlaymiz.

Uchanbalik, Kash-Antaliya

Turk Rivierasining markazida joylashgan Uchanbalik, Kash mintaqasidagi ajoyib va g’aroyib suv osti dunyosi bilan e’tiborni tortadigan 20 dan ortiq sho’ng’ish markazini o’zida mujassam qiluvchi eng muhim sho’ng’ish markazlaridan biri hisoblanadi.
Eng usta g’avvoslarni ham bee’tibor qoldirmaydigan, chuqurligi 55 metrdan 71 metrgacha bo’lgan Uchanbalik, Savoia-Marchetti SM79 rusumli italyan bombardimonchi samolyotining halokat joyi bo’lganligi bilan ham ajralib turadi. Ikkinchi Jahon urushi davrida urib tushirilgan samolyotning qoldiqlari unutilmas taassurotlarini taqdim qiladi.

Akvarium ko’rfazi, Fethie-Mug’la

Yer yuzidagi haqiqiy jannat deya ta’riflangan Ferthiedagi Akvarium ko’rfazi Turkiyadagi eng yaxshi sho’ng’ish nuqtalaridan biri bo’lib, o’z nomini suvining tiniqligidan olgan bu ko’zni qamashtiruvchi ko’rfaz, havaskor va tajribali g’avvoslarni bee’tibor qoldirmaydi.

Akvarium ko’rfazi o’zining suv osti boyliklarining xilma-xilligi bilan mashhur bo’lib, bu yerning noyob suv osti dunyosining go’zalligi g’avvoslarni hayratda qoldiradi.

Bodrum-Mug’la

Bodrum yarim oroli sizni baliq, sakkizoyoq, suv osti va dengiz o’tlari bilan ko’zni qamashtiruvchi musaffo suvlarida suzishga taklif qiladi.
Bu yerda chuqurligi 30 metrgacha bo’lgan 20 ta sho’ng’ish joylari mavjud bo’lib, Bodrumning eng mashhur ikkita sho’ng’ish nuqtasi ham shu yerda joylashgan.
Chuqurligi 7 metrdan 33 metrgacha bo’lgan bu sho’ng’ish joylari kichik baliqlar va boshqa turli xil suv hayvonlari uchun qo’nim hisoblanadi.

Fener oroli, Cheshme-Izmir

Turli xil dengiz jonzotlari bilan diqqatni tortadigan Fener oroli Izmirning eng mashhur dam olish maskanlaridan biri bo’lib, suv osti sarguzashtlari uchun mukammal joy hisoblanadi. Orolning suvlarida dengiz jonzodlari, marjonlar va sargoslar yashaydi.

Moviy g’or, Kekova-Antaliya

G’or tunnelidan o’tadigan yorug’likning yorqin ko’k ranglari tufayli Moviy g’or nomini olgan Antaliyaning Kekova tumanida joylashgan sho’ng’ish markazi, barcha darajadagi g’avvoslarlari o’ziga jalb qilishi bilan ham diqqatga sazovor.
Rang-barang mavsumiy qisqichbaqalar bu dengizning suv tubida yorqin tasvirlarni yaratadi va sizda o’chmas xotiralar qoldiradi.