Umumjamoa hisobida birinchi: o'zbekistonlik bokschilar Quvaytda 5 ta oltin medalni qo'lga kiritdi

Quvaytning Al-Quvayt shahrida boks bo’yicha “1-xalqaro musobaqa” o’z yakuniga yetdi. Unda o’zbekistonlik charm qo’lqop ustalari 5 ta oltin va 1 ta bronza medaliga sazovor bo’ldi.

Oltin medal:
Abdumajid Mannopov,
Abdumalik Xalakov,
Javlonbek Yo’ldoshev,
Dilshodbek Ro’zmetov,
Diyor O’ralov

Bronza:
Lazizbek Fattoyev.