1. To’tiqush tabiatdagi eng go’zal qush hisoblanadi. Ular mayda qizilishton to’tilaridan ulkan Aragacha turlarga bo’linadi.
2. To’tilar Avstraliyada 5 million yildan beri istiqomat qiladi.
3. Yevropaliklar orasida to’tiqushlarni birinchi bo’lib ko’rganlar Aleksandr Makedonskiy askarlari hisoblanadi. Ular Hindiston hududiga bostirib kirganda, to’tiqushlarni ko’rishga muyassar bo’lgan.
4. To’tiqushlar eng aqlli va zehni o’tkir, xotirasi mustahkam qushdir. Avstraliyada to’tilarni gapirishga o’rgatadigan alohida maktab ham mavjud.
5. To’tiqush turli tovushlarni, jumladan, odam ovozi, ro’zg’orda ishlatiladigan uskunalar, boshqa qushlar tovushlarigacha takrorlaydi.
6. Dunyoda eng yirik to’ti «ARA» hisoblanadi. Araning uzunligi bir metrgacha, vazni 1, 5-2 kilogrammgacha yetadi. «ARA» dunyodagi eng qimmat turadigan qush hamdir.
7. «Kakadu» 40 tagacha so’z va bir nechta gaplarni eslab qola oladi. To’tiqush «Lori» esa 50 tagacha so’z va bir nechta gapni yodlash xususiyatiga ega. Mayda (volnistыe) to’tilar 100 tagacha so’zni yodlay oladi. Lekin gaplarni eslab qola bilmaydi.
8. Eng aqlli va tez gapirishni o’rgana oladigan to’ti «Jako»dir. U 2000 tagacha so’zni yoddan bilibgina qolmay, ularni turli ohanglarda ayta oladi.
9. «Qora kakadu» uzunligi 60 santimetr, vazni 1 kilogacha yetishi mumkin. Tumshug’i 10 santimetr. Bir cho’qishda odam barmog’ini ham uzib olishi hech gap emas.
10. To’tilar eng uzoq umr ko’ruvchi qushlar sirasiga kiradi. Mayda to’tiqushlar 25 yilgacha yashasa, yiriklari 100 yil umr ko’radi.
11. To’tining eshitish imkoniyatlari juda keng. Boshini 180 darajagacha bura oladi.
12. Qadimiy Rimda ham gapirishni biladigan to’ti bozorda juda qimmat narxlarda sotilgan.
13. Eng og’ir vaznli, ammo o’rtacha hajmga ega to’ti bu «Kakapo»dir. Uni «Boyqush to’ti» ham deb atashadi. Sababi, bu to’tiqushning tashqi ko’rinishi ko’proq boyqushni eslatib yuboradi. «Kakapo»ning uzunligi 60 santimetr atrofida bo’lsa-da, vazni 4 kilogrammni tashkil etadi.
14. »Kea» to’tisi qonxo’r hisoblanib, Yangi Zelandiyada ko’p uchraydi. Aytishlaricha, «Kea» to’tilari kechalari fermalarga kirib hayvonlarning qonini so’rarkan. Qo’yga tashlansa, tumshug’i yordamida go’shtini yulib olarkan. Bu to’tilar qo’y go’shtini juda sevib iste’mol qiladi.
15. Kakadu va boshqa yirik to’tilar bolalariga alohida-alohida ism beradi. Ona har bir bolasi uchun alohida chirillab murojaat etadi. Shubhasiz, bolalari ham o’zining ismini onaning birinchi chirillashidanoq anglay biladi.
16. Eng tez uchadigan to’tilar mayda (volnistыe) to’tiqushlardir. Ular soatiga 120 km tezlikda uchadi.
17. Shokolad, tuz, avokado, spirtli ichimlik mayda to’tilar uchun o’lim demakdir.
18. «JAKO» to’tisi 400 tagacha so’zni, o’nlab gaplarni yodlabgina qolmay, ularni turli tillarda gapira oladi.
19. Qadimda hindu qabilalari to’tilardan uy qo’riqchisi sifatida foydalangan. Begona odam kirib kela boshlasa, oldindan o’rgatilgan to’ti shu haqda egasini ogohlantirgan.
20. Amerikada to’ti bilan bog’liq ajabtovur hodisa yuz bergan. Gapirishni biladigan to’ti yashaydigan uyga o’g’rilar kirgan. O’g’rilar bir-biriga ismini aytib murojaat etgan bo’lsa kerakki, to’ti ularning ismlarini eslab qolgan va politsiya kelganda barcha ismlarni birma-bir aytib bergan. Politsiyachilar shuning yordamida o’g’rilarni sira qiynalmasdan tutishgan.
21. To’tilar ham chapaqay, ham o’naqay bo’ladi. Buni qaysi qo’li bilan yegulik olayotganiga qarab aniqlash qiyin emas.
22. Hindiston politsiyachilari kunlarning birida ayol kishini haqoratlagan to’tini qamoqqa olgan. Ma’lum bo’lishicha, so’kishga to’tini ayolning o’gay o’g’li o’rgatgan ekan.
Olimjon HAYIT tayyorladi
Zor kan