* * *
Qizaloq keksa bobosidan so’radi:
— Bobojon, kallangiz nega bo’m-bo’sh?
* * *
— Bolajonim, nega egilib olibsan?
— Men cholman!
— Qaerga ketyapsan?
— Pensiyaga.
* * *
Besh yashar bolani onasi mikrob tushmasligi uchun yaxshilab cho’miltirdi. Faqat qaynagan suv ichishi kerakligini, mikroblardan saqlanishi lozimligini tayinladi. Shunda bola onasiga dedi:
— Oyi, bilasizmi katta bo’lgach, nima qilaman?
— Nima qilasan?
— To’yib mikrob yeyman.
* * *
Yoqilg’i quyish shohobchasida o’g’il otasidan so’radi:
— Dada, mashina ko’p benzin yeyaversa, katta bo’lib avtobusga aylanadimi?
* * *
— Dada, menga bo’rining niqobini olib bering!
— Nega?
— Pashshalarni qo’rqitaman.
* * *
Qiz onasidan so’radi:
— Oyi, odam orzusidagi yorni topishi uchun ko’p vaqt kerak bo’ladimi?
— Ha. Ammo vaqtni qisqartirish uchun ikki-uch marotaba turmushga chiqib olsa ham bo’ladi.
* * *
To’rt yashar bola ota-onasiga dedi:
— Men uylanaman.
— Ie, kimga?
— Bog’chamizdagi Hilolaga.
— Sizlarni kim boqadi?
— Bizni boqishning keragi yo’q. O’zimiz ovqat yeyishni bilamiz.
* * *
— Oyi, uchganda qanday holatga tushishimni unutib qo’ydim.
— Sen hech qachon uchmagansan-ku!
— Nega uchmas ekanman? O’zingiz «Seni laylak olib kelgan» degandingiz-ku!
* * *
Besh yashar bolakay onasiga dedi:
— Oyi, katta bo’lsam, meniyam qizim bo’ladi. Uni ertalab bog’chaga o’zim olib boraman. Undan keyin siz meni maktabga olib borib qo’yasiz.
* * *
— Oyi, singlim bilan dadasi-oyisi o’ynayveraylikmi?
— Ha, faqat bir-birlaringga idish-tovoq otmasdan o’ynanglar!
Olimjon HAYIT tayyorladi