Reyting: 2021 yilning eng yaxshi film va seriallari ma'lum qilindi

Reyting «People Choice Awards» nashri tomonidan tuzilgan.
«People Choice Awards» nashri yilning eng yaxshi kinofilm va seriallari nomini ma’lum qildi.

Reyting natijalariga ko’ra, «Yilning eng yaxshi seriali» nominatsiyasiga amerikalik aktyor Tom Hiddlston ijrosidagi «Loki» seriali munosib deb topildi. «Eng yaxshi dramatik serial» nominatsiyasi bo’yicha «Ehtiros anatomiyasi», komedik yo’nalish bo’yicha esa «Men hech qachon … emasman» seriali loyiq ko’rilgan.

«Yilning eng kinofilmi» mukofotiga amerikalik aktrisa va xonanda Ckarlett Johanson ishtirokidagi «Qora ayol» filmi munosib deb tan olingan.«Yilning eng yaxshi dramasi» nominatsiyasiga Emma Stoun qatnashgan «Sruella» dramasi, «Yilning eng yaxshi komediya»si yo’nalishi bo’yicha Ryan Reynolds ishtirokidagi «Asosiy xarakter» komediyasi g’olib bo’lgan.

«Yilning eng oilaviy filmi» yo’nalishi bo’yicha «Luka» filmi, «Eng yaxshi harakat qilingan loyiha» nominatsiyasi bo’yicha esa «Shan-Chi va o’nta halqa afsonasi» loyiq ko’rilgan. Avvalroq «People Choice Awards» nashri «Oskar» mukofotiga eng yaxshi nomzod kinofilm va seriallarni e’lon qilgan edi.