8 dekabr oqshomida Chempionlar ligasida 6-tur o’yinlari bilan guruh bosqich bahslariga yakun yasaladi. So’nggi to’rt guruhdagi o’yinlar orasida superklublarning turnirdagi keyingi taqdiri hal etiladigan to’qnashuvlar joy olgan. Jumladan, Xavi qo’l ostidagi «Barselona» so’nggi 21 yilda ilk marta YeChLni erta tark etish xavfi ostida. Quyida so’nggi tur qarama-qarshiliklari, kimlar 1/8 finalga yo’l olgani hamda guruhlardagi vaziyat bilan tanishtiramiz.
Chempionlar ligasi 6-turidan avval 1/8 finalga yo’llanma olgan klublar: «Ayaks», «Atletiko», «Bavariya», «Inter», «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Pari Sen-Jermen», «Real», «Sporting», «Chelsi», «Yuventus».
6-tur o’yinlaridan keyin 1/8 finalga chiqishi mumkin bo’lgan klublar: «Atalanta», «Barselona», «Benfika», «Vilyarreal», «Volfsburg», «Zalsburg», «Lill», «Sevilya».
Evropa ligasi pley-off o’tish o’yinida ishtirok etishi oydinlashgan klublar: «Borussiya» Dortmund, «Zenit», «Portu», «RB Leypsig», «Sherif».
Evropa ligasi pley-off o’tish o’yinida ishtirok etish imkoniyatini yo’qotmagan klub: «Yang Boyz».
Markaziy o’yin: «Bavariya» «Barsa»ga qarshi eng kuchli tarkib bilan o’ynaydi.