O‘zgidromet 26-30 may kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, hafta davomida O‘zbekiston hududiga salqin va nam havo massalari kirib kelishi davom etadi. Markaziy va sharqiy viloyatlar bo‘yicha ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Faqat bugun kunduzi Qoraqalpog‘iston Rsepublikasida ba’zi joylarda, ertaga, 27 may kuni Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Bugun, 26 may kuni kunduzi havo harorati 27-32 daraja, ertaga 22-25 daraja, 28-30 mayda 25-30 daraja, ba’zi joylarda 32 darajagacha issiq bo‘ladi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda bugun kunduzi qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 29-31 daraja issiq bo‘ladi. Ertaga asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 23-25 daraja issiq bo‘ladi. 28 may kuni kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 28-30 daraja issiq bo‘ladi.
29-30 may kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 29 mayda kechga yaqin, 30 mayda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol vaqti-vaqti bilan 12-14 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.