Oynalar tozaligi uchun olti maslahat

Yaqin kunlarda ob-havo isib ketadi, demak, oynalarni yuvishga kirishish payti ham yetib keldi. Bu juda ham oson ish emas. Ammo bir qarashdagina shunday tuyuladi.

Nimani va qanday bajarish kerakligini bilsangiz, oynani yuvish hech qanday mehnat talab qilmaydi. Buning uchun esa mana bularni bilsangiz kifoya:

1. Deraza — bu oyna emas!

Oyna haqiqatan ham, top-toza bo’lishi uchun uning ramkasini, aynan har bir burchagi va tirqishini ham unutmaslik kerak. Deraza — bu faqat oyna degani emas. Derazaning ichidagi pana joylarida katta miqdorda chang to’planadi. Bu juda xavfli va undan imkon qadar tezroq qutulish kerak.

2. Quyoshdan saqlanish

Oynalarni quyosh chiqqan ob-havoda yuvish yaxshi g’oya emas, albatta. Buni tashqarida bulutli ob-havo bo’lgan paytda amalga oshirgan ma’qul. Chunki quyosh nurlari va havoning yuqori harorati spreyning juda tez qurib qolishiga sabab bo’ladi. Qurib qolayotgan sprey esa o’zidan
keyin iz qoldiradi.

3. «Besh» prinsipi

Derazani to’g’ri va sifatli yuvish uchun uyda atigi beshta narsa bo’lishi kerak. Bularga latta, oshxona gubkasi, mikrofibra mato bo’lagi, oyna artuvchi moslama va istalgan ishqorli vosita kiradi. Sanab o’tilganlarning o’zi, kifoya.

4. Oyna
artuvchi moslama

Ko’pchilik oynalarni tozalash uchun latta va eski gazetalardan foydalanadi. Aslida esa bu eng tejamkor usul emas. Buning o’rniga oyna artuvchi moslamani sotib olish ancha samaraliroq. Har qalay, uyingizda atigi bir dona deraza emasdir, axir.

5. Izlar
qaerdan paydo bo’ladi?

Oynada izlar uch xil bo’ladi: kir yaxshi yuvilmagan, yuvish vositasi yaxshilab yuvib tashlanmagan (shoshilishda quritmay turib, artib tashlangan), oynani oxirgi artilishi ho’l mikrofibra mato bo’lagi bilan artilgan.

6. Shoshilish
kerak
emas

Derazani to’g’ri yuvish romdan boshlanadi. Keyin barcha rezinka va dastaklari yuvilishi kerak. Shularning hammasi bajarilib bo’lgandan keyingina oynani yuvishga o’tiladi. Bundan tashqari, romlarni 2-3 marta yuvgan afzalroq, chunki ular yillar o’tgan sayin ko’proq ifloslanib boradi. Agar qo’l ostingizda oyna yuvish uchun maxsus vosita bo’lmasa, idish yuvish vositasini ishlatsa ham bo’ladi.

Oynaning o’zi bilan ishlayotgan paytda uning butun yuzasi bo’ylab gubkani bostirib yurgizish lozim. Shuningdek, yaxshilab yuvib tashlanmagan tozalash vositasi ham iz qolishiga sababchi bo’lishi mumkinligini unutmasligimiz kerak. Hamma narsa to’g’ri va sifat bilan bajarilgandan keyin uni quritib sayqallash qoladi, xolos. Ana endi, hormasinlar, bekajon!

Komila MUHIDDINOVA tayyorladi.