Joriy yilning 15 mayida o’lchami 60 dan 130 metrgacha bo’lgan 2010 WC9 asteroidi Yerdan xavfsiz masofadan uchib o’tadi, deya xabar beradi kazinform.
Uning parvozi sayyoramizga maksimal darajada yaqinlikda kechadi.
Astronom olimlar WC9 asteroidini ilk bor 2010 yil 30 noyabrda aniqlagan va 10 dekabrga qadar uni kuzatib turishgan.
Oradan 8 yil o’tib, ya’ni joriy yilning 8 may kuni olimlar samoda asteroid aniqladi va uni ZJ99C60 deya nomladi. Kuzatuvlar jarayonida ZJ99C60 aslida 2010 WC9 asteroid ekanligi ma’lum bo’ldi.
Asteroidning sayyoramizga yaqinlashish masofasi 203453 kilometrni, ya’ni Yer va Oy orasidagi masofaning 0,53 qismini tashkil etadi.
Jet Propulsion Laboratory NASA taxminicha keyingi safar 2010 WC9 asteroidi 300 yildan so’ng Yerga shunday masofada yaqinlashadi.
Olimlarning ta’kidlashicha,katta xavf tug’diruvchi asteroidlarni yerdagi teleskoplar orqali ko’rish imkonsiz bo’lib qolmoqda. Tadqiqotchilar Yer atrofidagi ob’yektlarni bir nechta observatoriyalarda aniqlangan ma’lumotlarni tahlil qilgach shu xulosaga keldi.