Birinchi yolg’on
Insoniyat yurak-qon tomir kasalliklaridan aziyat chekadi, chunki yog’li oziq-ovqatni haddan tashqari ko’p iste’mol qiladi. Aniqrog’i, yurak uchun aynan to’yingan yog’lar (hayvon yog’lari, sariyog’ va boshqalar) zararli.
2010 yilda olimlar tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar bu nazariyaning noto’g’ri ekanligini isbotladi. Tadqiqotchilar 345 ming odamning ahvoli va ovqatlanish odatlarini o’rganib chiqdi va hayvon yog’lari yurak kasalliklari sonini oshirmasligini aniqladi.
Umuman olganda, taomnomangizdan moy va boshqa yog’li tansiq ovqatni to’liq chiqarib tashlashga shoshilmang. Kaloriyaga e’tibor berish va jismoniy harakatlar to’g’risida unutmaslik kerakligi esa boshqa masala.
Ikkinchi yolg’on
Ko’proq vitaminlar yeng, shunda kasal bo’lmasdan uzoq va baxtli yashaysiz. Ayniqsa, antioksidantlik xususiyatiga ega bo’lgan C vitaminiga tayanish lozim.
Odamning yetarlicha to’liq faoliyat ko’rsatishi uchun, shubhasiz, vitaminlar zarur: ularning bir qismini organizm o’zi ishlab chiqaradi, bir qismini esa oziq-ovqatdan oladi.
Haqiqatan ham vitaminlar yetishmasligidan kasal bo’lish mumkin, bundan 200 yil avval esa C vitaminining jiddiy yetishmasligi natijasida kelib chiqqan singa kasalligi tufayli odamlar halok bo’lgan.
O’tgan asrning 60-yillarida Nobel mukofoti laureati, biolog Laynus Poling C vitamini shamollashda yordam beradi, degan taxminni olg’a surdi. Lekin jiddiy ilmiy tadqiqotlar bu vitaminning qudratli kuchi haqidagi optimistik ruhdagi nazariyalarni tasdiqlamadi.
Vitaminlar umrning uzunligiga ta’sir qilmaydi va kasalliklarni davolay olmaydi — bu ularning vazifasi emas. Aksincha, hatto vitaminlarni ortiqcha qabul qilish biroz umrni qisqartirishi ham mumkin. Shuning uchun vitaminlarni shifokorning tavsiyasi bo’yicha qabul qilish lozim.
«7 mo»jiza» gazetasidan