Yaponiyalik ko’zi ojiz Misuxiro Ivamoto jahonda birinchi marta Tinch okeanini yaxtada kesib o’tdi. Shanba kuni ertalab uning qayig’i Yaponiyaning shimoli-g’arbidagi Fukusimaning Ivaki portiga kelib joylashdi.
12 metrli yaxtadagi 14 ming kilometrlik sayohat 24 fevral kuni Amerikaning San-Diego portidan boshlangan edi. Bu vaqt ichida yaxtada Ivamotoga amerikalik Duglas Smit yordam bergan. U shturman vazifasini bajargan, lekin yaxtani bashqarmagan.
Bu Ivamotoning Tinch okeanini kesib o’tish borasidagi ikkinchi urinishi. 2013 yili birinchi urinishini amalga oshirgan, ammo uning qayig’i qirg’oqdan uzoqlashgandan bir necha kun o’tib cho’kishni boshlagan.
Misuxiro Ivamoto ko’z nurini 16 yoshida yo’qotgan. 2018 yili u va Smit o’zlarining sayohatlari uchun xayriyaga pul yig’ishni boshlashgan. Endi o’sha barcha yig’ilgan pullar xayriya maqsadida, ko’zi ojizlar kasalliklarini o’rganish uchun sarflanadi.