HINDISTON HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Hindiston qotillik jinoyatlari sodir etilishi bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egallaydi.

2. Hindistondagi aholining juda ko’p qismi bir kunni 2-3 dollar evaziga o’tkazadi.

3. Hindiston aholisining 35 foizi qashshoqlikda umr kechiradi.

4. Shaxmat ilk bor ayni shu davlatda paydo bo’lgan.

5. Hindistonda achchiq qalampir iste’mol qilishni xush ko’rishadi.

6. Hindistonning har bir shtati o’zining davlat tiliga ega.

7. Hindlar banan daraxti yaproqlaridan tovoq sifatida foydalanadi.

8. Geometriya va algebra ham Hindistonda paydo bo’lgan.

9. Motam libosi rangi Hindistonda qora emas, oq rang hisoblanadi.

10. Hindistonda xotin erini hech qachon ismini aytib chaqirmaydi.

11. Bu mamlakatda agar xotin yaxshi bo’lsa, eri erta olamdan o’tmaydi deb hisoblashadi. Shuning uchun beva qolganlar juda qiyinchilik bilan hayot kechiradi.

12. Ulkan hayvon bo’lmish filni ham birinchi bo’lib hindlar qo’lga o’rgatgan.

13. Hindistonda hozir ham odamni ochiqchasiga qul qilib ishlatish holatlari ko’p kuzatiladi.

14. Bu mamlakatda o’lim kuni ham alohida bayram qilinadi.

15. Hindistonda dunyodagi eng katta oila istiqomat qiladi. Bu oila boshlig’ining 39 ta xotini, 94 ta farzandi va 39 ta nabirasi bor.

16. Hindlarning deyarli barchasi vegetarian hisoblanadi.

17. Hindiston dunyodagi uyali aloqa haqi eng arzon davlatdir.

18. Hindistondagi avtobuslarda deyarli oyna bo’lmaydi.

19. Agar ikki hind erkagi qo’l ushlashib ko’chada ketayotgan bo’lsa, hayron bo’lmang. Ular hezalak emas. Bu amal ikki erkakning do’stligi juda mustahkamligidan dalolatdir.

20. Hindlar viski iste’moli bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egallaydi.

21. Ayrim hind qabilalarida yangi tug’ilgan chaqaloqni uy tomidan pastga irg’itish odati bor. Bu vahshiylik-ku!

22. Hindistonda sigir siydigi ham alohida idishga berkitilgan holda sotiladi. Ularning hisoblashicha, sigir siydigi organizmni tozalarmish.

23. Hindlarda qo’l berib so’rashish odati yo’q.

24. Hind ayollariga ko’chada begona erkak bilan bemalol gaplashib turish qat’iyan taqiqlanadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi