KAPALAK HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Kapalakning sof vazni ikki dona atirgul yaproqchasi vazniga teng.

2. Kapalak gullarni va o’simliklarni changlashda asalaridan keyin ikkinchi o’rinni egallaydi.

3. Dunyoda kapalaklarning 165 ta turi mavjud.

4. Kapalak soatiga 60 kilometr tezlikda uchadi.

5. Ular stressdan xalos etishda ajoyib tabib hisoblanishadi. Stokgolmda shunday klinika mavjudki, bu yerda bemorlar kapalak yordamida stressdan xalos bo’lish kurslarini o’tashadi.

6. Antarktidada umuman kapalaklar yo’q.

7. Kapalaklar orasida vahshiylari ham yo’q emas. Ular «Calyptra eustrigata» kapalaklari deb yuritiladi. Bu kapalaklar hayvonlar qonini o’zining o’tkir nishlari yordamida so’radi. Lekin bu kapalaklarning erkagigina shunday oziqlanadi. Urg’ochilari o’simliklar va mevalar bilan oziqlanishni ma’qul ko’radi.

8. Kapalaklar orasida o’zidan zahar tarqatuvchi o’simliklarni yeb kun ko’radiganlari ham bor. Ular «Danaus cbrysippus» deb nomlangan. Agar qaysidir qush kelib bu kapalakni yesa, tanasiga o’rnashib qolgan zahardan til tortmay o’ladi. Tasodif bo’lib o’lmay qolgan taqdirda ham hayotda qaytib kapalak yemaydigan bo’ladi.

9. Kapalaklar ishtaha masalasida sira shikoyat qilmasa bo’ladi. Chunki ular o’z vazni va hajmidan ikki hissa ortiq yemishni tanovul qila oladi.

10. Shunday kapalaklar borki, og’zi yo’qligi sababli ovqat yemaydi. Ular hali qurtlik paytida olingan quvvat hisobiga umr ko’radi.

11. Tropik o’rmonlarda yashovchi ayrim kapalaklar faqat hayvonlarning ko’z yoshi bilan oziqlanadi.

12. Kapalaklar ovqat ta’mini oyoqlari yordamida aniqlaydi.

13. «Qizil admiral» deb nomlangan kapalaklar esa go’ng hamda sasigan mevalar bilan oziqlanadi.

14. Kapalakning yuragi ham, qon tomirlari ham bo’lmaydi. Bu vazifalarni tanasi bo’ylab bosh tomonga yo’nalgan bitta yo’g’on tomir ado etadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi