Ushbu ichimlikning, agar undan oqilona iste’mol qilinsa, qator foydali tomonlari ham bor, jumladan:
– Aqliy faoliyatni yaxshilaydi.
– Kayfiyatni ko’taradi, tetik va bardam qiladi, kuchga kuch qo’shadi.
– Bosh og’rig’ini to’xtatadi, migrenning oldi olinadi.
-Charchoq, loxaslik, uyqu bosishini bartaraf qiladi.
– Antidepressant modda sifatida ruhiy tushkunlikka tushish, umidsizlik, g’amginlik, istaklarning kamayib qolishi, o’z joniga qasd qilish kabi holatlarni oldini oladi, yo’qotadi.
– Xotirani rag’batlantiradi, uning yomonlashuvini to’xtatadi. Alsgeymer va Parkinson kasalliklarini oldini oladi.
– Uyqu dorilar hamda har xil zaxarlanishlar ta’sirini kamaytiradi.
– Oshqozon faoliyatini rag’batlantiradi.
– Past qon bosimini me’yorlashtirishga yordam qiladi.
– Kofein o’zining xususiyati bilan saraton kasalligining oldini oladi.
– Shu narsani esda saqlash kerakki, kofening yuqorida qayl qilingan foydali jihatlari undan me’yorida iste’mol qilinganida kuzatiladi. Kunlik me’yor esa o’rtacha 200-300mg kofeinga teng.