KUN KULGISI!!!

***

—Sadoqatli va xiyonatkor er o’rtasida qanday farq bor?

—Sadoqatli erning ba’zida vijdoni qiynalib turadi.

 

***

Erkakning do’stiga yozib qoldirgan xatidan:

—Xotinim bilan uchrashib yurganingni bilaman. Yaramas, uchrashdingmi, ro’zg’or qilishning yarmini bo’yningga olgin-da!

 

***

Er-xotin ajrashayapti. Guvoh sudyaga dedi:

— Men bu qo’shnilarim haqida hech qanday yomon gap ayta olmayman. Ular doimo shovqinsiz, jimgina mushtlashishardi.

 

***

Ayoldan so’rashdi:

—Xo’sh, eringiz bilan hayotingiz qanday kechayapti?

— Asti so’ramang! Doimo menga xiyonat qilgani qilgan. Men ahmoq bo’lsam, shuncha marta unga sadoqatli edim.

 

***

Yangi o’zbeklar ovqatlanadigan restorandagi e’londan:

— “Xotiningiz bilan ovqat tayyorlashni bilmaganligi uchun ajrashmang! Yaxshisi, bizning restoranga kelib ovqatlaning. Xotiningizni esa oilaviy baxt uchun asrab qo’ying!”

 

***

Bolakay oyog’ini sindirib olib vrach huzuriga keldi.

Vrach:

— Oyog’ingni nima qilib sindirding?

Bolakay:

— Men muhabbat qurboniman.

Vrach:

— Qanaqasiga?

Bolakay:

— Dadam muhabbat haqidagi kitoblarni qachon qarasa shkafning baland polkasiga berkitadi. O’shani olaman degandim, yiqilib tushdim.

 

***

Homilador ayolga vrachlar ko’proq muzqaymoq yeyishni maslahat berishgandi. Rentgenchi ayolni tekshirib qarasa, shunday manzara namoyon bo’ldi:

Egizaklar ona qornida jismoniy tarbiy bilan shug’ullanishayapti va har zamonda shunday deb qo’yishayapti:

— Hechqisi yo’q, qishdan eson-omon chiqib olsak…

 

***

— Professor, siz xotiningizni ko’p kaltaklarmishsiz. Shu rostmi?

— Yolg’on. Men professor emasman.

 

***

Pochtachi dengizda qora terga botib arang bir dengizchini topib qo’liga xat tutqazarkan, tinimsiz asabiylashardi. Buni payqagan dengizchi dedi:

— Agar keyingi safar ham mening oldimda manavinaqangi asabiylashadigan bo’lsang, bilib qo’y, qaysidir gazetaga obuna bo’laman!

 

***

Ko’p xotinli arab shayxi xotinlaridan biriga dedi:

— Sening ko’zlaring xuddi yarim tundagi yulduz kabi charaqlab turadi. Lablaring esa qimmatbaho toshlar kabi bebaho… Qolgan kundoshlaringgayam shu gapimni yetkazib qo’y!

 

***

Leonid Yakubovich navbatdagi ko’rsatuvni suratga olib bo’lgach, charchab uyga qaytdi. Xotini unga shkaf ro’parasida qo’rquv aralash tikilib turib dedi:

— Men sizga ikki million rubl taklif etaman va biz bu shkafni ochmaymiz!

 

***

Ayol dugonasiga dedi:

— Men homiladorman. Yaqinda ona bo’laman.

— Voy, shundoq ham to’rt bolang bor… Aytgancha, bunisi kimdan?

— Kimdan bo’lardi? Boshqalari kabi bunisiyam Boltavoy akamdan-da!

— Unda nega Boltavoy akangga tegib ola qolmaysan?

— U menga yoqmaydi.