Oy va koinotni o’rganish Xitoy milliy markazi direktori o’rinbosari Yuy Gobinning xabar qilishicha, 2023 yildan boshlab Xitoy va Rossiya birgalikda oyni o’rganishni boshlaydilar. Ushbu izlanishda «Luna-26» va «Chan’e-7» fazoviy apparatlaridan foydalaniladi.
Ruslarga tegishli «Luna-26» apparati Yerning sun’iy yo’ldoshini orbitadan turib kuzatadi. «Luna-26″ni ishga topshirilish vaqti bizning fazoviy apparatimiz «Chan’e-7″ning fazoga ko’tarilish vaqtiga to’g’ri keladi. Shunday ekan, kuzatuvni birgalikda olib borib, ma’lumotlarni bir-birimiz bilan o’rtoqlashamiz», – deydi u.
Izohlarni ko`rish