Ilmiy-tadqiqot institutlari ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug’ullanadi.
Amazon asoschisi Jeff Bezos qarishni oldini oluvchi Altos Labs startapiga 3 milliard dollar sarmoya kiritadi. Bu haqda The Sunday Time nashri xabar berdi.
Startap hujayralar salomatligining kasalliklarga, jarohatlarga va hatto nogironlikka chidamliligini tiklash uchun biologik texnologiya ishlab chiqadi.
Ilmiy-tadqiqot institutlari ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug’ullanadi, Tibbiyot instituti esa dori vositalarini ishlab chiqadi. Ob’yektlar San-Fransisko, San-Diego, shuningdek, Britaniya Kembrijida joylashadi. Kompaniya Yaponiya bilan ham hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.
Altos Labs direktorlar kengashi tarkibiga kimyo bo’yicha Nobel mukofoti sovrindorlari Jennifer Dudna (2020, genetik muhandislik) va Franses Arnold (2018, ferment ilovalari) kiradi.
Rik Klauzner va Xans Bishop kengashning hamraislari bo’ldi. Britaniyaning GSK farmatsevtika kompaniyasining tadqiqot va ishlanmalar bo’yicha prezidenti, bosh olim Xel Berron ham shular qatorida. U 1 avgustdan startapga o’tadi.
Avvalroq Bezos 2030 yilgacha iqlim tashkilotlari uchun 10 milliard dollar tarqatishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.