PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Neymarning Chempionlar ligasi pley-off bosqichida «Real» bilan bo’lajak o’yinda ishtirok etish ehtimoli haqidagi savolga javob berdi.
Futbolchi Liga 1 15-turidan o’rin olgan «Sent-Etyen»ga qarshi o’yinda (3:1) jarohat olgandi.
«Neymar Realga qarshi o’ynaydimi? Biz hali bilmaymiz. Keyingi hafta uning ahvolini kuzatib boramiz. Agar unda muammo bo’lmasa, o’yinda ishtirok etadi. Umid qilamiz, hammasi yaxshi bo’ladi”, – dedi Pochettino.
Eslatib o’tamiz, Chempionlar ligasining 1/8 finalidan o’rin olgan “PSJ” va “Real” o’rtasidagi ilk uchrashuv 15 fevralga belgilangan.
Izohlarni ko`rish