Insonning o'zga sayyoralardagi vazni

Og’irligi 70 kilogramm keladigan odam Oyga chiqsa, uning vazni 11,7 kilogrammdan oshmaydi, Merkuriyda – 18 kilogramm, Marsda – 26 kilogramm, Uranda – 59 kilogramm, Venerada – 63 kilogramm, Saturnda – 19 kilogramm, Neptunda – 80 kilogramm va Yupiterda – 185 kilogramm keladi. Turli sayyoralarda odam vaznining har xil bo’lishi osmon jismlarining radiusi va massasiga bog’liq. Sayyoraning massasi qancha katta bo’lsa, uning tortish kuchi ham shuncha katta bo’ladi, binobarin, undagi jismlar ham shuncha og’ir bo’ladi.