Odatda yangi tug’ilgan chaqaloqlar vazni ko’pi bilan 4 kilogrammgacha yetishi mumkin. Ammo ba’zida katta vaznga ega go’daklar dunyoga keladiki, har qanday odam hayratlanishi aniq.
Anna Beytsning o’g’li (Go’dak) —9,98 kilogramm
Foto: Cosmopolitan
Yangi tug’ilgan chaqaloqning vazni 10 kilo bo’lishi uchun grammlar yetmay qolgan xolos. Bolaning onasi Anna Beys 1846 yilda tug’ilgan bo’lib, bo’yi 241 santimetr, 1879 yil yanvarda tug’ilgan bolasi esa 71,12 santimetr edi. Chaqaloqqa ism qo’yilmagan bo’lsa-da, hamma uni Go’dak (Baby) deb atashgan. Afsuski, bola 11 soatdan keyin vafot etgan.
Bolaning otasi Martin van Byoren Beyts shunday deb yozgan edi: «Uning bo’yi 71 santimetr, vazni 9,98 kilogramm bo’lib, har tomonlama sog’lom edi. Tug’ilganda u olti oylik bolaga o’xshardi».
Foto: Cosmopolitan
Martinning o’zi ham turmush o’rtog’i singari yirik edi: bo’yi — 236 santimetr bo’lib, xotinidan bir oz pastroq bo’lgan. Ularning ikkalasi ham sirk truppasida ishlagan, ikki yillik munosabatlardan so’ng turmush qurishgan. Juftlikning 13 nafar farzandi bo’lgan, ammo ularning ba’zilari tug’ilgandan ko’p o’tmay vafot etgan.
Akbar Hasanuddin — 8,7 kilogramm
Foto: Cosmopolitan
2009 yilda 40 daqiqalik kesarcha kesish amaliyotidan so’ng, 41 yoshli Ani Hasanuddin polvondek o’g’ilni dunyoga keltirdi. Ayoldagi glyukoza miqdorining yuqoriligi va chaqaloqning aql bovar qilmaydigan kattaligiga qaramay, ona-bolaning ham sog’lig’i yaxshi edi. Chaqaloqning otasi Muhammad «bolani boqa olishlariga umid qilishini, chunki bunday pahlavon boshqa bolalarga qaraganda ko’proq sut ichishini» aytgan.
Nadejda Xalina — 7,75 kilogramm
Tatyana Xalina qizi Nadejdani dunyoga keltirishi bilan aytgan birinchi gapi: «Bo’ldi, boshqa tug’mayman!», bo’ldi. Uni tushunish mumkin. Chunki Tatyananing birinchi farzandi 4,1 kilogramm vazn bilan tug’ilgan, ammo keyingi har bir bola yanada og’irroq vaznli bo’lib dunyoga kelgan. Nadejda Tatyananing o’n birinchi qizi bo’ldi.
Xalinlar oilasi Oltoy o’lkasining Aleysk shahrida yashaydi. Shifokorlarning ta’kidlashicha, bu kamdan kam uchraydigan holatdir, hech kim bunday «syurpriz»ni kutmagandi, chunki na Tatyana, na uning eri bo’yi yoki vazn jihatidan boshqalardan farq qilmaydi.
Admilton dos Santos — 7,7 kilogramm
Foto: Cosmopolitan
Admilton o’rtacha tug’ilgan chaqaloqning vaznidan ikki baravar katta bo’lgan va Braziliyadagi eng og’ir tug’ilgan chaqaloq sifatida tanilgan. Admilton Francheska dos Santosning beshinchi farzandi bo’lib, shifokorlar bolani kesarcha kesish yo’li bilan dunyoga keltirgan.