Ijtimoiy tarmoqda shu oy boshida mintaqada sodir bo’lgan kuchli zilzilalardan so’ng O’rta yer dengizi Yaqin Sharqdan 20 metrga uzoqlashayotgani haqida xavotirlar paydo bo’lmoqda.
Misr, Liviya, Jazoir va Falastindagi Sinay yarim orolida, jumladan, Akko shahri va G’azo sektoridagi ba’zi plyaj va qirg’oqlaridan suv chekinmoqda va qoyalarga urilgan suvlar 5-20 metrga ko’tarilib, sunami bo’lishi mumkinligidan xavotir uyg’otmoqda.
G’azo Islom universitetining ofat va inqiroz bo’limi boshlig’i va seysmolog doktor Ziyod Abu Xin MEMO nashriga bergan intervyusida: “Sunami to’lqinlari O’rta yer dengiziga xos emas, chunki u yarim berk dengizdir va katta ko’lga o’xshaydi», deya ma’lumot berdi.
Uning so’zlariga ko’ra, ushbu hududda bunday hodisa sodir bo’lishining yagona yo’li — yer qobig’ini vayron qiladigan vertikal harakatdir. Buning uchun esa suvni soatiga 800 killometrgacha tezlikda harakatlantiradigan, kuchli, baland to’lqinlarni yaratadigan vertikal harakat kerak bo’ladi. Bu esa suv bir necha daqiqada yoki ko’pi bilan bir soat ichida Falastin qirg’oqlariga yetib borishini anglatadi.
Odamlarni xotirjam qilishga uringan Abu Hin Turkiya janubi va Suriya shimoli-g’arbiy qismining katta qismini vayron qilgan zilzilalar bir necha hafta oldin sodir bo’lgani va kuchli zarbadan keyin 24 soatdan ko’proq vaqt o’tgani, shu bois sunami qo’rquvi asossiz ekanini ta’kidladi.