FIFA 2022 yilning eng yaxshi o'yinchisini e'lon qildi

FIFA 2022 yilning eng yaxshi o’yinchisini e’lon qildi.

The Best mukofotini Argentina milliy jamoasi va «PSJ» hujumchisi Lionel Messi qo’lga kiritdi.

35 yoshli futbolchi Argentina bilan Qatardagi jahon chempionatida g’olib chiqdi va mundialning eng yaxshi o’yinchisiga aylandi. Shuningdek, Leo Parij klubi safida Liga 1 va Fransiya Superkubogida g’alaba qozondi.

Messi 2-bor The Best sovriniga sazovor bo’lib, bu borada yetakchilar Krishtianu Ronaldu va Robert Levandovskiga yetib oldi.

Da’vogarlar orasida Kilian Mbappe («PSJ»/Fransiya) va Karim Benzema («Real»/Fransiya) ham bor edi.