Hukumatning tegishli qarori (№79, 27.02.2023y) bilan, nodavlat ta’lim tashkilotlarining o’quv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun ta’lim krediti ajratish tartibi to’g’risida nizom tasdiqlandi.
Qarorga ko’ra, ta’lim krediti:
— bazaviy hisoblash miqdorining 65 baravarigacha (bugungi kunda 19 mln 500 ming so’m) miqdorda;
— Markaziy bankning asosiy stavkasida (bugungi kunda 15%);
— bir yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga;
— har yili 5 ming nafargacha yoshlarga beriladi.
«Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kirgan oila farzandlari uchun garov va kafillik talab etilmaydi.
Izohlarni ko`rish