Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosa mamlakat parlamenti konstitutsiyaga kiritgan o’zgartishlarni tasdiqladi, unga ko’ra, janubiy afrikaliklarning imo-ishoralar tili davlat tili maqomiga ega bo’ldi.
JARning G’arbiy Kap viloyati hukumati janubiy afrikalar imo-ishoralar tili u shakllantirilgan inglizcha talqindan o’ziga xos lingvistik tuzilmasi bilan farqlanuvchi alohida til ekanini belgilaganidan so’ng ushbu qarorga kelingan.
JAR — davlat tillari soni bo’yicha rekordchilardan sanaladi. Endi ularning soni 12 taga yetdi. Imo-ishoralar tilidan tashqari, afrikaans, ingliz, janubiy ndebele, soto, shimoliy soto, svazi, tsonga, tsvana, venda, kosa va zulu tillari davlat tili maqomiga ega. Qo’shni Zimbabveda ham imo-ishoralar tili davlat tili hisoblanadi.