Italiyaning “Roma” klubi Gollandiyaning “Feyenoord” klubini 1:0 hisobida mag’lub etib, Konferensiya ligasining ilk g’olibiga aylandi.
Turnirning finali Albaniyaning Tirana shahrida bo’lib o’tdi. Uchrashuvdagi yagona gol uchrashuvning 32-daqiqasida Nikolo Zaniolo tomonidan kiritildi. O’zbekistonlik Eldor Shomurodov 89-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Konferensiya ligasi birinchi marta o’tkazildi. Turnir reglamentiga ko’ra, “Roma” Yevropa Ligasining keyingi bosqichiga to’g’ridan-to’g’ri yo’l olish imkoniyatini qo’lga kiritdi.
Eldor Shomurodov samarali harakatlari bilan gol ura olmaganiga qaramay, yevrokuboklarda g’olib chiqqan ilk o’zbekistonlik bo’ldi.
Izohlarni ko`rish