Ichterlamaga qarshi vaksina tayyorlashga 58 yil, qizamiqqa esa 7 yil vaqt sarflangan

Insoniyat o’z tarixida ko’plab pandemiyalarga uchragan. Ularning har birida yuz minglab odamlar qurbon bo’lgan. Ammo tibbiyot baribir ularni yengib o’tavergan. Ayrim kasallik viruslariga qarshi vaksinalar ishlab chiqishga yarim asr vaqt kerak bo’lgan. Hozirda jahonda koronavirus pandemiyasi avj olgan. Qurbonlar soni borgan sari ko’payib bormoqda.

Shifokorlar koronavirus ustidan butunlay g’alaba qozonish uchun kerak bo’ladigan dori-darmonlar 12 oy ichida tayyor bo’lishini aytishmoqda. Bu zamonaviy tibbiyot rivojlangan bugungi davr uchun katta muddat hisoblanadi. Ammo ushbu virusga qarshi ko’p mablag’ sarflanib, tinimsiz harakatlar davom etmoqda. Tez orada uni mahv etishimiz tayin.

Xo’sh, ahli jahon ilgari duch kelgan epidemiyalarga qarshi ishlab chiqarilgan vaksinalar qancha muddatda tayyor bo’lgan? 1881 yilda dunyoda tarqalgan quturish kasalligidan minglab insonlar halok bo’lgan. Unga qarshi vaksina ishlab chiqarish uchun shifokorlar to’rt yil vaqt sarflashgan. 1885 yilga kelib zarur dori-darmon kashf etilgan va kasallik yengib o’tilgan.

Jumladan, qizamiq — 7 yil (1962-1969)

Ko’k yo’tal — 8 yil (1906-1914)

Gripp — 14 yil (1931-1945)

Poliomielit — 20 yil (1935-1955)

Sil (tuberkulyoz) — 21 yil (1900-1921)

Parotit — 22 yil (1945-1967)

Gipetit A — 24 yil (1967-1991)

Chechak — 26 yil (1770-1796)

Vabo — 30 yil (1854-1884)

Suv chechak — 34 yil (1954-1988)

Gipetit B — 38 yil (1943-1981)

Difteriya — 40 yil (1883-1923)

Tetanos — 40 yil (1884-1924)

Gemofiliya — 44 yil (1933-1977)

Ichterlama — 58 yil (1838-1896)

Pnevmokok — 66 yil (1911-1977)

Meningit — 68 yil (1906-1974).

Zarnews.uz

loading…