XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

ANAKONDA HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Anakonda ulkan va zaharsiz ilon. Uni xalq orasida «suv bo’g’ma iloni» deb atashadi.

2. Anakonda asosan Trinidad oroli, shu jumladan, Janubiy Amerika tropik o’rmonlarida umr kechiradi. Ya’ni, Venesuela, Peru, Braziliya, Paragvay sharqi, Ekvador, shimoliy Boliviya, Kolumbiya, Gayana va Gvianada ko’p uchraydi.

3. Anakonda hayoti davomida o’sishdan to’xtamaydi.

4. Eng yirik anakondaning uzunligi 6, 5-7 metrgacha yetadi.

5. Anakonda haqiqatan zaharli emas. U o’ljasini bo’g’ish yo’li bilan o’ldiradi. Shuning uchun ham anakonda bo’g’ma ilonlar oilasiga mansub.

6. Oshqozonida o’tkir kislota mavjudligiga qaramay, anakonda yirik o’ljani yutsa, bir necha hafta davomida hazm qiladi. Shuning evaziga u uzoq vaqt ovqatsiz yashay oladi.

7. Anakondaning bosh chanog’idagi suyaklar harakatlanuvchanligi bois u og’zini katta ocha oladi. Bu unga yirik o’ljani ham qiyinchiliklarsiz yutish imkonini beradi.

8. Anakondaning tili ta’m va hid uchun javob beradi.

9. Boshqa bo’g’ma ilonlarga nisbatan haddan tashqari kuchli va tajovuzkor. U odamga ham bir hamla bilan o’lim hadya etishi mumkin. Ammo anakonda odamlarga tegmaydi.

10. Anakonda nigohlari bilan o’ljasini harakatsiz zombiga aylantirishni bilmaydi. Faqat yoqimsiz hid taratish orqali o’ljani sarosimaga sola biladi.

11. Anakonda yolg’iz hayot tarzini kechiradi. Faqat ko’payish mavsumidagina guruhlar tashkil etadi. Nikoh mavsumi anakonda uchun asosan bahor yomg’irlari boshlangach, yuzaga keladi.

12. Bitta urg’ochi anakondaning bir nechta jufti mavjud.

13. Hindu qabilalari hozir ham anakonda ovlashadi. Ularga bu bo’g’ma ilonning go’shti juda yoqadi.

14. Yovvoyi tabiat qo’ynida anakonda 5-6 yil umr ko’radi. Tutqunlikda esa 28 yilgacha umr ko’rishi mumkin.

15. Xavf tug’ilsa, u uzoq vaqt suv ostida berkinib o’tira oladi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…