Hamma uchun sevimli bo'lgan ifor

Odamlar turli xil sevimli iforlariga yega bo’lishlari mumkin. Ba’zilar gullar hidini yoqtirsa, boshqalar kofe isini, yana kimlardir yangi chiqqan o’simliklar iforiga oshufta bo’ladi.

 

Biroq avstraliyalik olimlar deyarli barcha odamlarga yoqadigan xushbo’y hidni topishdi

Mutaxassislarning fikriga ko’ra, ko’pchilik nam yerning hidini yaxshi ko’rar yekan. Bunga yesa faqat tuproq tarkibida mavjud bo’lgan geosmin moddasi sabab qilib ko’rsatilgan.

 

Eng qizig’i, ushbu iforga bundan 60 yil oldin “petrikor“ deya nom ham berilgan. Olimlarning ta’kidlashicha, nam zamin hidini sevish insonlarga avloddan-avlodga o’tib kelmoqda. Ya’ni bu sayyoramizda ilk odamlar paydo bo’lgan paytdan boshlangan.

 

Yerning o’ziga xos hidiga tuproqdagi geosmindan tashqari bakteriyalar va aktinomitsetalar ham ta’sir qiladi. Yomg’irdan keyin paydo bo’ladigan suv tomchilari shamol tufayli tarqaladigan moddalarni atrof bo’ylab yoyadi va shu yo’l bilan ko’pchilikka yoqadigan ifor tarqaladi.

loading…