Qirq yil qiron kelsa, ajali yetgan o'ladi! 

Hamma joyda vahima koronavirus unday qilibdi, koronavirusdan buncha odam o’libdi. Internetni titkilab biz o’zimiz vahimachi ekanligimizga yana bir bor ishonch hosil qildim.

1999/2000 – yangi asrda hammamiz o’lamiz, muammo hammayoq dasturlanib ketadi.

2001 – Sibir yazvasi hammamizni o’ldiradi.

2002 – G’arbiy Nil virusi hammamizni o’ldiradi.

2003 – SARS gripi hammamizni o’ldiradi.

2005 – parranda gripidan qirilib ketamiz.

2006 – ECOl virusi o’ldiradi bizni.

2008 – butun dunyo iqtisodiy krizisidan o’lib ketamiz.

2009 – chuchqa gripi yostig’imizni quritadi.

2012 – qiyomat ro’y beradi, biz yo’q bo’lib ketamiz.

2014 – Ebola virusi bizni o’ldiradi.

2015 – IShID balosi bizni o’ldiradi.

2020 – Koronavirus bizni o’ldiradi.

10 fevral kuni Koronavirus tarixida eng yomon kun bo’libdi.

O’sha kuni Xitoyda 108 kishi koronavirusdan o’libdi, ularning barchasining yoshi 60 yoshdan yuqori ekan.

LEKIN o’sha kuni …

26 283 kishi rakdan o’ldi.

24 641 kishi yurak xurujidan o’ldi.

4300 kishi qandli diabetdan olamdan ko’z yumdi.

3000 kishi o’z joniga qasd qildi.

Afg’on pashshasi yoki boshqa bir hasharot chaqishidan 256 kishi vafot etdi.

Yer yuzidagi o’rtacha qotillik kuniga 1300 kishi.

Ilon chaqishidan yer yuzida kuniga 150 tacha odam o’ladi.

Shuning uchun, azizlar, o’zingizni ehtiyot qiling, shaxsiy gigienaga alohida etibor bering, qo’llaringizni tez-tez sovunlab yuving. Lekin ha deb vahima chiqaravermang, axir biz musaffo osmon ostida yashamoqdamiz.

loading…