XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

ER SAYYoRASI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Yer sayyorasining eng kam odam yashaydigan hududi Grenlandiyadir.

2. Yer qatlami plitalardan tashkil topgan.

3. Agar yerni siqib bouling shari hajmiga keltirilsa, u haqiqiy shardan ham silliqroq bo’lardi.

4. Yerimizni «qora tuynuk»ka aylantirish uchun uni 2 santimetrli shar holatiga tushirish kerak bo’ladi.

5. Yer qatlamining o’rtacha qalinligi 30 kilometrga teng. Tog’li hududlarda bu qalinlik 80 kilometrgacha yetadi.

6. Fazo rasman 100 kilometr balandlikdan boshlanishiga qaramay, 19 kilometr yuqorida odam skafandrsiz turib qolsa, tomirlaridagi qon bilqillab qaynagan bo’lardi.

7. Yerda bir kecha-kunduz aslida 24 soat emas, balki 23 soat 56 daqiqa-yu 4 soniyadan iborat.

8. Yerning 70 foiz qismi suvdan tashkil topgan. Xudo ko’rsatmasin, agar iqlimning ommaviy isishi boshlansa, bu foiz keskin kamayib ketadi.

9. Hozirgi kunda Yer atrofida 22 mingga yaqin sun’iy ob’yektlar uchib yuradi. Ularning diametri 10 santimetrdanga teng. Bu ob’yektlar odatda fazodan tushgan chiqindilar, raketalar qoldiqlaridan iborat.

10. Qadimda sayyoramizda kislorod miqdori juda ko’p bo’lgan ekan. Shuning uchun ham dinozavrlar ulkan darajaga yetishgan bo’lsa ajab emas.

11. Har kuni Yerning ustki qismiga 8 milliontadan ortiq chaqmoq kelib uriladi.

12. Yer yuzidagi jami suvning 3 foizigina iste’molga yaroqli.

13. Tinch okeanning umumiy maydoni yer yuzidagi jami quruqlikdan bir necha marobata katta.

14. Tinch okeanda bir milliondan ortiq tirik mavjudot yashaydi.

15. Bakteriyalar yer yuzida kislorod paydo bo’lishidan oldin, taxminan 3, 5 milliard yil avval ham yashagan.

16. Yer qadimiy ilohlar nomi bilan atalgan yagona sayyoradir.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…