image0

O‘zgidromet 11-12 yanvar kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, dam olish kunlari respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz biroz bulutli ob-havo saqlanib turadi. Kechasi havo harorati 0-3 daraja sovuq, ba’zi joylarda 5 daraja sovuqqacha, kunduzi quyosh havoni 6-11 daraja iliqqacha isitishi kuzatiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi. Respublikaning ayrim joylariga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqiy yo‘nalishdan yengil va o‘rtacha tezlikda esadi.

Toshkent shahrida biroz bulutli, yog‘ingarchiliksiz havo bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 0-3 daraja sovuq, kunduzi 8-11 daraja iliq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yanvar oyida qanday ob-havo kuzatilishi haqida xabar berilgandi.