image0

O‘zgidromet 13-15 yanvar kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-14 yanvarda 3-8 daraja sovuq, 15 yanvarda 1-6 daraja sovuq, kunduzi 13 yanvarda 5-10 daraja iliq, 14-15 yanvarda 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.  Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq-4 daraja iliq, kunduzi 13 va 15 yanvarda 8-13 daraja iliq, 14 yanvarda 5-10 daraja iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 13-14 yanvarda 3-8 daraja sovuq, 15 yanvarda 1-6 daraja sovuq, kunduzi 13 yanvarda 5-10 daraja iliq, 14-15 yanvarda 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.  Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.  Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 13 va 15 yanvarda 9-14 daraja iliq, 14 yanvarda 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.  Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-14 yanvarda 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 15 yanvarda 1 daraja sovuq-4 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.  Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.