Bugundan boshlab “yashil pasport” kuchga kirdi

Bu turizm, madaniyat, sport va gasronomiya sohasidagi ochilayotgan ob’yektlarga kirish imkonini beruvchi tibbiy hujjatlar to’plamidir.

Shunday qilib, Avstriyada 2020 yilning noyabridan beri yopiq bo’lgan mehmonxonalar, restoran, teatr, sportzallari va bog’lar ish boshladi. Ammo ularga “yashil pasport” bilan kirish mumkin.

May oxiriga qadar fuqarolar “yashil pasport” rahamli hujjati uchun kerakli bo’lgan qog’oz ma’lumotnomalarni taqdim etishlari kerak. Iyun oyidan boshlab QR-kodli mobil dastur ishga tushadi. Shuningdek, 19 maydan boshlab YeIning aksariyat davlatlari fuqarolari Avstriyaga karantinsiz kiritilishi e’lon qilindi.

zamon.uz