Usmoniylar sultoni Abdulhamid II ga “Qizil sulton“ deb nom qo’ygan kishi asli arman millatiga mansub fransuz tarixchisi va gazetachisi Albert Vandal edi. Ro’znomalarda armanlar uchun Usmoniylar imperiyasining shimoliy qismida 23 ta mavzening ularga Buyuk Armaniston uchun berilmagani va Yevropadan olingan qurollar yordamida tinch aholini qirg’in qilgan isyonchi armanlarni ayovsiz bostirilgani haqida yoziladi. Bundan tashqari Armanlar har doim Usmoniylar saroyida va davlatida hurmatga loyiq xalq bo’lishgan, ular imperiya uchun sadoqat bilan xizmat qilganlar. Hattoki “Millati Sodiqiyya“ deya nomlanganlar. Lekin Yevropaning Usmoniy davlatiga qarshi siyosiy o’yinida qurol vazifasini o’tab katta xato qildilar. Birinchi jahon urushi tugagach ham hech qaysi shartnomada Arman davlati haqida so’z bo’lmagan.
Abbos shayx.
Manba: @Tafakkur3