BILASIZMI?..

 

 

SAHROI KABIRNING SIRLI QABILASI

 

Bu qabila Tubu deb ataladi. Qabila Sahroi Kabirning naq yuragida umr kechiradi. Bu yerda hatto qum ham yo’q. Kuchli garmsellar qumlarni uchirgancha olib ketgan va ketmoqda. Olimlarning aytishicha, Tubu Afrikaning eng qadimiy qabilasi hisoblanarkan. Ajablanarlisi, Tubu qabilasi a’zolari kunduzgi +70-80 daraja issiqqa sira qiynalmasdan dosh beradi. Kechqurun esa havo harorati -45 darajagacha tushib ketadi. Shunga qaramay, qabila a’zolari o’zining uzoq umr ko’rishi bilan dunyoga mashhur. Ularda bolalar o’limi deyarli ko’zga tashlanmaydi. 100-120 yoshga kirgan chol-kampirining ham tishlari bus-butun, qatoridan xato bo’lmaydi. Xo’sh, buning siri nimada? Olimlar maxsus ekspediiya uyushtirib, xuddi o’sha Tubu qabilasi yashaydigan sahroga yo’l olgandi. Maqsad ushbu qadimiy tarixga ega qabilaning suvsiz, umr kechirish uchun hech qanday sharoitlarsiz holda ham yashashi, yashaganda ham uzoq yashashi sirlaridan voqif bo’lish edi. Afsuski, ular birgina sirdan voqif bo’lishdi. Qarangki, Tubu qabilasining ovqatlanish ratsioni g’alati ekan. Ular ertalab nonushtaga jiydaning po’stini, tushlikka yumshoq bo’lagini, kechki ovqatga esa danagini yeyisharkan. Choy o’rniga qandaydir yovvoyi o’simlik damlamasini ichisharkan. Biroq olimlar bu yangilikdan qanoatlanishmadi. Ular atayin qabila a’zolariga qaynatilgan go’sht berishdi. Xoh ishoning, xoh ishonmang, ular go’shtni og’ziga solishdi-yu, shu zahoti tupurib tashlashdi. Tubu qabilasiga go’sht ta’mi butkul begona ekan.

Keyingi amal qabila a’zolaridan qon tahlili olish bo’ldi. Bu oxirgi amal edi. Olimlar jiydadan bo’lak sirdan xabardor bo’la olishmadi. Endi Tubuning Sahroi Kabir markazida qanday qilib uzoq yashashi, kasallanish neligini bilmasligi sirini qon tahlili yordamida aniqlashmoqchi. Kim bilsin. Balki ishlari o’ngidan kelar. Buni endi xudo biladi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading…