BILASIZMI?..

 

 

FILIPPINDA HAJMI ODAMDEK KELADIGAN KO’RShAPALAKLAR YaShAYDI

 

Filippinda istiqomat qiluvchi Aleks Jostar ismli erkak “Tvitter”dagi sahifasida hajmi odamdek keladigan ko’rshapalak turining suratlarini namoyish etdi va ularning kelib chiqishi, yashash tarzi haqida to’xtalib o’tdi. Xoh ishoning, xoh ishonmang, hali dunyo ahli bu qadar ulkan ko’rshapalaklarni ko’rmagan. Lekin Aleksning gapiga qaraganda, Filippin aholisi uchun ular oddiy jonivor hisoblanadi. Yana aytdiki, hajmi bu qadar ulkan bo’lgani bilan ko’rshapalaklar tajovuzkorlikka butkul begona. Ular atrof-muhit bilan do’stona munosabatda bo’lish tarafdori. Bunday ko’rshapalaklar dunyoda hozir taxminan 1100 tani tashkil etadi. Ularni asrab qolish uchun olimlar, mutasaddilar tomonidan barcha choralar ko’rilmoqda. Odamdek keladigan bu ko’rshapalaklar yiliga bittadan avlod qoldiradi. Ular bundan 100 million yilcha oldin yer yuzida paydo bo’lgan. Ko’rshapalaklar asosan o’simliklar bilan oziqlanib, yovvoyi tabiat qo’ynida o’rtacha 30 va undan ko’proq umr ko’radi.

 

loading…