BILASIZMI…

 

 

NEGA ODAMNING KO’Z YoShLARI ShO’R BO’LADI?..

 

Olimlarning izlanish natijalari shuni ko’rsatadiki, biz yig’laganda, bo’qoq qismimiz sho’r suyuqlik ishlab chiqara boshlaydi. Biz xuddi shu suyuqlikni ko’z yoshi deb ataymiz. Ko’z yoshlar esa ko’zlarimiz ortiqcha zararli moddalardan xalos bo’lishi uchun zo’rar ekan. Ammo bir savol tug’iladi. Nima uchun odamning ko’z yoshlari sho’r?

Ma’lum bo’lishicha, bu ko’z yoshlarning tarkibi bilan bog’liq ekan. Masalan, ko’z yoshning 99 foizi N2O (suv), qolgani tuzdan iborat. Endi organizmga nazar tashlaymiz. Odam yig’lagan mahal organizmdagi bo’qoqning funksiyasi sezilarli tarzda ortadi. Yurak tezroq ura boshlaydi. Shuning natijasida organizmda jismoniy zo’riqish holati yuzaga keladi. Ana shu jarayonda xlorid natriyga, aniqrog’i, tuzga kaliy va natriy ionlari kelib qo’shiladi. Bu olimlar ta’biri bilan aytganda, eng sho’r ko’z yoshlar hisoblanadi. Ajablanarlisi, eng sho’r ko’z yoshlar odam qayg’u oqibatida yig’lagan lahzalarda ishlab chiqariladi. Quvonch ko’z yoshlari esa u qadar sho’r bo’lmaydi.