KUN KULGISI…

 

 

* * *

 

Chaqadigan oq pashshani o’ldirmoqchi bo’lgan yigitga pashshaning o’zi debdi:

— Iltimos, meni o’ldirmang, bratan! Siz bilan qondoshlarmiz, axir!

 

* * *

 

— Oyi, singlim bilan dadasi-oyisi o’ynayveraylikmi?

— Ha, faqat bir-birlaringga idish-tovoq otmasdan o’ynanglar!

 

* * *

 

Savol:

— Ko’chada badavlat va kambag’al soliqchi, Yalmog’iz kampir ketib borishardi. Kutilmaganda yerda yumalab yotgan bir dasta dollarni ko’rib qolishdi. Xo’sh, kim bu pullarni yerdan ko’tarib oladi?

Javob:

— Albatta badavlat soliqchi. Negaki, kambag’al soliqchi va Yalmog’iz kampir ertak qahramonlari hisoblanadi.

 

* * *

 

Arximed o’z formulalarini ko’zdan kechirib turibdi-da, nihoyat bir qarorga kelibdi:

— 40 darajali suyuqlik yuborilgan tanaga hech qanday qonunning ahamiyati bo’lmaydi.

 

* * *

 

Bolakay o’rtog’iga dedi:

— Buvim oltmish yoshida besh chaqirim uzoqlikka piyoda yurib borardi. Hozir to’qson yettiga kirdi. Lekin qaerdaligini haliyam aniqlay olganimiz yo’q.

 

* * *

 

Haydovchi hamkasbiga dedi:

— Men yangi «antiradar» sotib oldim.

— Nima karomat ko’rsatarkan?

— Yo’l patrul xizmati xodimlari turgan yerga 300 metr qolganda «Pulni tayyorla! Pulni tayyorla!» deb baqiradi.

 

* * *

 

Besh yashar bola onasidan so’radi:

— Oyi, qaysi ko’ylagimni kiyay?

— Kalta yenglisini. Nimaydi?

— Qo’limni qaerigacha yuvishimni bilishim kerak-ku!

 

* * *

 

Tibbiyot institutida.

— Domla, bizga zachyot qo’yib bering. Mana, shokolad olib keldik!

— Nima? Qanaqa shokolad? Bu yerda bemorning taqdiri hal bo’lyapti. Bu narsa kamida tortga tortadi!

 

* * *

 

Jarroh bemorga dedi:

— Afsuski, o’pkangizni olib tashlashga to’g’ri keladi!

— Ie, o’pkam kasal emas-ku!.. Hech qachon qilt etmagan o’pkam!

— Bilaman, ishonaman. Ammo siz ham tushuning. Jigarni qandaydir yo’l bilan ichingizga sig’dirishim kerakmi-yo’qmi?

 

* * *

 

— Vey bola!.. Men senga ko’rsatib qo’yaman qizimdan qanday bo’sa olishni, bildingmi?!.

— Rahmat! O’zim ham bilaman.