BILASIZMI…

 

 

QUYoSh DEB ATALUVChI ULKAN YuLDUZ

 

Quyosh tizimidagi yagona yorqin va ulkan yulduz bu quyoshning o’zidir. Quyosh atrofida 8 ta sayyora aylanadi. Shu jumladan yer ham.

Biz deyarli har kuni quyosh botishi, chiqishi, tongga boqib ilhom olamiz, zavqlanamiz. Lekin Quyosh haqidagi sirli va mo»jizali faktlarni bilamizmi?

 

AFSONALAR

 

Qadimda odamlar quyosh tizimi haqida deyarli ma’lumotga ega bo’lmagan. Barcha tepasidagi ulkan yulduzni xudo deb qabul qilgan va unga sig’ingan.

Masalan, qadimiy Misr xalqlari uchun quyosh xudosi Ra deya yuritilgan. Ular Ra xudosi ertalab osmon bo’ylab aylangan holda hayot bag’ishlaydi, tirik jonzotlarning hatti-harakatlarini nazorat qiladi, kechqurun esa yer ostiga kirib yovuz ruhlarga qarshi kurashadi deb o’ylashgan.

Slavyanlar ham to nasroniy dinini qabul qilgunga qadar Quyoshga sig’inishgan. Uni Yaril yoki Dajd-xudosi deb atashgan. Boylar qul qilib olinganlarga, qo’l ostida ishlovchi boshqa xizmatchilarga quyosh bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot qilishlarini singdirib kelishgan. Shu yo’l bilan ularni qo’rqishga majbur etishgan.

 

QUYoSh HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Olimlarning hisob-kitoblariga ko’ra, quyosh bundan 4 milliard yil oldin paydo bo’lgan.

2. Quyoshdan taraladigan yorug’lik nuri Yerga yetib kelishi uchun atigi 8 daqiqa vaqt kerak bo’ladi. Shu vaqt oralig’ida u 150 million kilometr yo’l bosadi.

3. Yerdagi tortish kuchi quyoshdagidan 28 marta past bo’ladi. Shu sababli agar odam yerda 80 kilogramm vaznga ega bo’lsa, quyoshda uning vazni 2240 kilogrammgacha yetadi.

4. Quyosh yadrosidagi harorat +15 million darajaga teng.

5. Quyosh tizimi to’liqligicha Galaktika markazi atrofini doimiy tarzda aylanadi. U soniyasiga 200 kilometr yo’l bosadi.

6. Quyosh gaz to’ldirilgan, qattiq yadroga ega bo’lmagan shar ko’rinishiga ega. Tarkibi 92 foiz vodorod, 7 foiz geliydan tashkil topgan.

7. Quyosh atmosferasi fotosferadan iborat.

 

QUYoShNING ORGANIZMGA TA’SIRI

 

Quyosh o’zidan ikkita to’lqin — infraqizil va ultrabinafsha to’lqinlarini tarqatadi. Infraqizil nurlar qon tomirlarni kengaytirish, qon aylanishini yaxshilash, mushaklar umumiy holatini mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Bosh miya faoliyatini va ko’rish qobiliyatimizni yaxshilaydi. Teri xastaliklarini davolaydi, kayfiyatni ko’taradi, uyqusizlikka barham beradi.

Ultrabinafsha nurlar esa immunitetni tushiradi. Organizmdagi moddalar almashinuvi jarayonini izdan chiqaradi. Surunkali xastaliklarni qo’zg’atadi. Odam surunkali toliqishdan azoblana boshlaydi. Ishchanlik darajasi pastlab ketadi.

Olimlar go’daklar va yoshi ulug’larga quyosh nuri ostida kamroq turishni maslahat berishadi. Chunki quyosh tig’ida ko’p turib qolinsa, ultrabinafsha nurlar ko’rish qobiliyatimizni yomonlashtiradi. Turli allergik reaksiyalarni keltirib chiqaradi.

Olimjon HAYIT tayyorladi