Astanada o'zbekistonlik ikki nafar firibgar qo'lga olindi

O’zbekistonda 21 yoshli qizni unashtirib, so’ng uning qarindoshlaridan pul undirgan firibgar Astanada qo’lga olindi, deb xabar beradi Polisia.kz.

Xabar berilganidek, poytaxt politsiyasi MDH davlatlari bilan hamkorlikda 15-16 mart kunlari keng ko’lamli «Qidiruv» tadbirini o’tkazdi. Tadbirning birinchi kunida Astana shahrida 8 nafar jinoyatchi aniqlanib, qo’lga olindi. Yo’qolgan 3 nafar fuqaroning joylashgan joyi aniqlandi.

Davlatlararo qidiruvga berilgan ikki xorijlikdan biri o’zbekistonlik ayoldir.

«Xalqaro qidiruvda bo’lgan 23 yoshli o’zbekistonlik qizning shaxsi aniqlandi. U qarindoshiga unashtirgandan so’ng 21 yoshli qizni uyidan olib ketgan. Keyinroq u qudalaridan shantaj yo’li bilan pul talab qilgan», — deyiladi politsiya xabarida.

42 yoshli O’zbekiston fuqarosi firibgarlik qilib, poytaxtda yashab kelgan. Samarqand shahrida bir kishini ishga joylashtirishni va’da qilib, 1 million 400 ming so’m pulini o’g’irlab ketgan.

Hozirda ism-shariflari tilga olingan har ikki gumonlanuvchi vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga saqlanmoqda. Ekstraditsiya masalasi hal qilinmoqda.