image0

Trampning Yaqin Sharqqa bo‘lgan to‘rt kunlik shov-shuvli safari chog‘ida unga Qatar hukumati tomonidan hashamatli samolyot sovg‘a qilindi. Agar uning qiymati 400 million dollarga baholanayotganini inobatga olsak, qatarliklarni o‘ta saxovatli deyish, mumkin. Albatta, tekin pishloq qopqonda bo‘ladi, deganlaridek, Qatar ham bunday qimmatbaho sovg‘ani shunchaki bermadi. Muxolifat buni pora deb atayotgan bo‘lsa, Tramp tarafdorlari qonunbuzarlik yo‘qligini ta’kidlamoqda. Siyosiy va huquqiy masalalarni amerikaliklarning o‘ziga qoldirib, samolyotning tarixiy, texnik va hashamat jihatlariga e’tibor qaratamiz.

“Osmon qirolichasi”

Trampga tortiq etilgan Boeing 747-8 mashhur 747 samolyotlarining uchinchi avlod modeli hisoblanadi. 1969 yilda 747 birinchi fyuzelyaj (ekipaj a’zolari, yo‘lovchi, yuk va jihozlar uchun mo‘ljallangan korpus)i keng samolyot sifatida paydo bo‘ldi va eng ommabop modelga aylandi.

“Uchar qasr”: Qatar Trampga sovg‘a qilgan 400 million dollarlik samolyot qanday jihozlangan?1

1980 yillar oxiriga kelib u eskirdi va dunyodagi eng yirik aviatsiya, kosmik va harbiy texnika ishlab chiqaruvchi Boeing korporatsiyasi uni sezilarli darajada modernizatsiya qildi.

“Uchar qasr”: Qatar Trampga sovg‘a qilgan 400 million dollarlik samolyot qanday jihozlangan?2

Shunday qilib, tashqi ko‘rinishi o‘xshash bo‘lsa-da, birinchi avloddan juda farq qiluvchi 747-400 modeli paydo bo‘ldi.

“Uchar qasr”: Qatar Trampga sovg‘a qilgan 400 million dollarlik samolyot qanday jihozlangan?3
XXI asrda “Osmon qirolichasi” (Queen of the Skies) yana yangilandi: 2010 yilda Boeing 747-8 yaratildi. Uning shakli avvalgi modellarga o‘xshash, lekin tuzilishi deyarli to‘liq yangilangan. U uzunligi bo‘yicha yo‘lovchi samolyotlar orasida rekord o‘rnatdi: 76,25 metr.  Avvalgi rekordchi Airbus A340-600 dan 3 metrga uzunroq.

“Uchar qasr”: Qatar Trampga sovg‘a qilgan 400 million dollarlik samolyot qanday jihozlangan?4

Yo‘lovchi tashishda ikki dvigatelli samolyotlarni afzal ko‘ruvchi aviakompaniyalarni 747 ning so‘nggi avlodi uncha qiziqtirmadi. Shuning uchun ishlab chiqarilgan 148 ta 747-8 samolyotining 101 tasi yuk tashish uchun foydalanildi. Kamida 10 tasi esa VIP yo‘lovchi samolyoti sifatida buyurtma qilingan. Mazkur samolyotlarning ulkan o‘lchami ularni deyarli uchuvchi qasrlarga aylantiradi.

Amerika Prezidentiga Amerikada ishlab chiqarilgan samolyot sovg‘a qilindi

“Uchar qasr”: Qatar Trampga sovg‘a qilgan 400 million dollarlik samolyot qanday jihozlangan?5

AQSH Prezidenti nima uchun Amerika ishlab chiqaruvchisi samolyotini xorijdan qabul qilayotgani ajablanarli tuyulishi mumkin. Oq uy shunday samolyotni zavoddan to‘g‘ridan to‘g‘ri buyurtma qila olmaydimi?

Ma’muriyat buni allaqachon qilgan! Ikkita yangi samolyot uchun shartnoma 2016 yil yanvar oyida, Barak Obama davrida imzolangan. Ammo Trampning birinchi davrida ham, Bayden prezidentligi davrida ham VC-25B prezidentlik tipidagi mazkur buyurtma yetkazib berilmadi.  Aslida samolyotlar tayyor, ammo uskunalarni o‘rnatish jarayoni 2020 yildan buyon davom etmoqda.

“Uchar qasr”: Qatar Trampga sovg‘a qilgan 400 million dollarlik samolyot qanday jihozlangan?6

Xorijiy OAVga ko‘ra, bu samolyotlarga hujum yoki atomdan himoya tizimi, turli aloqa vositalari va yuqori qulaylikni ta’minlash uskunalari o‘rnatilmoqda. Noma’lum sabablarga ko‘ra, topshirish muddati doimiy ravishda ortga surilmoqda. Dastlab samolyotlar 2024 yilda tugatilishi ma’lum qilindi, hozir esa 2027 yilga va’da berilgan. Ayrim manbalar esa 2029 yilgacha tayyor bo‘lishi ham dargumonligini aytmoqda.

Shunday qilib, Donald Trampning bu safar ham VC-25B’da parvoz qila olmaslik xavfi bor, chunki uning ikkinchi muddati 2029 yil 20 yanvarda tugaydi.
Hozircha u 35 yil avval foydalanishga topshirilgan VC-25A prezidentlik samolyotlarida uchishga majbur.

“Uchar qasr”: Qatar Trampga sovg‘a qilgan 400 million dollarlik samolyot qanday jihozlangan?7

Tramp – birinchi emas

Samolyot sovg‘a qilish Qatar uchun noodatiy hodisa emas. 2007 yilda Pokiston hukumatiga 747-8 kabi yirik bo‘lmasa-da, uzoq masofaga uchadigan keng fyuzelyajli samolyot – Airbus A310-300 sovg‘a qilingan.

“Uchar qasr”: Qatar Trampga sovg‘a qilgan 400 million dollarlik samolyot qanday jihozlangan?8

2018 yilda esa xuddi Trampniki kabi Boeing 747-8 Turkiyaga yuborildi. Erdo‘g‘an ham o‘zini oqlashga majbur bo‘ldi va bu hashamatli samolyotni davlat uchun qabul qilganini ta’kidladi. Gap shundaki, Turkiya Qatar tomonidan sotuvga qo‘yilgan samolyotni sotib olishga qiziqish bildirganida Amir Turkiyadan pul olmasligini aytib, samolyotni sovg‘a qilgan.

“Uchar qasr”: Qatar Trampga sovg‘a qilgan 400 million dollarlik samolyot qanday jihozlangan?9

“Uchar qasr”

“Uchar qasr”: Qatar Trampga sovg‘a qilgan 400 million dollarlik samolyot qanday jihozlangan?10

Samolyotning ulkan hajmi uni haqiqatan ham hashamatli tarzda jihozlash imkonini beradi. Oddiy fuqarolik versiyasida 747-8 605 yo‘lovchini sig‘dira oladi, ammo Amir uchun tayyorlangan variant atigi 89 mehmon uchun mo‘ljallangan. Yo‘lovchilar uchun ajratilgan umumiy maydon 400 kvadrat metrga yaqin bo‘lib, ularning 300 kvadrat metrdan ortig‘i asosiy palubada joylashgan. Bagaj va yuk bo‘limlarida oshxona va xizmat ko‘rsatish xonalari joylashtirilgan.

“Uchar qasr”: Qatar Trampga sovg‘a qilgan 400 million dollarlik samolyot qanday jihozlangan?11

Samolyotda beshta oshxona, turli maqsadli bir nechta zal, asosiy yo‘lovchilar uchun ikki kishilik karavot, shaxsiy hojatxona hamda dushi mavjud yotoqxona, ofis uslubidagi maxsus xonalar, mehmonxonalar, muzokaralar uchun mo‘ljallangan ovqatlanish xonalari, mehmonlar uchun yotoqxona, hashamatli kreslolarga ega qulay zal va ularning orasidagi shaxmat va narda o‘ynash uchun stollar mavjud.

“Uchar qasr”: Qatar Trampga sovg‘a qilgan 400 million dollarlik samolyot qanday jihozlangan?12

Samolyot dizayni hashamatli intererlarga ixtisoslashgan fransuz dizayn byurosi Pinto tomonidan ishlab chiqilgan. Ichki jihozlash va uskunalarni o‘rnatish ishlari Shveysariya kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. Loyihalash uchun ikki yil va o‘rnatish uchun yana ikki yil vaqt ketgan.

“Uchar qasr”: Qatar Trampga sovg‘a qilgan 400 million dollarlik samolyot qanday jihozlangan?13

Ochiq suratlarga qaraganda, bu yerda ertaknamo oltin unitaz yoki dush kranlari yo‘q, ehtimol, ular suratga olinmagan bo‘lishi mumkin. Garchi dekoratsiyada Sharq uslubini eslatadigan unsurlar bo‘lsa-da, umumiy dizayn – yevropacha.

Maxfiylik masalasi

Aprelda Texasga keltirilgan samolyot u yerda AQSH Harbiy-havo kuchlari va Maxfiy xizmat talablari asosida jihozlanmoqda. Prezident samolyoti sifatida foydalanishdan oldin, Boeing zarur tizimlar bilan jihozlanishi va sinovdan o‘tkazilishi kerak.

Bu yerda ochiq aytilmaydigan bir jihat ham bor. 2002 yilda “The Washington Post” va “Finantial Times” nashrlari Xitoy Xalq Respublikasi raisi Szyan Szemin uchun mo‘ljallangan Boeing 767-300YeR samolyotida sun’iy yo‘ldosh orqali ma’lumot uzatishga mo‘ljallangan 27 ta eshitish qurilmasi aniqlanganini xabar qildi. Biroq Xitoy rasmiylari bu ma’lumotni na tasdiqladi, na rad etdi. Oq uy va Markaziy razvedka boshqarmasi esa bu masalani izohlashdan bosh tortdi.

“Uchar qasr”: Qatar Trampga sovg‘a qilgan 400 million dollarlik samolyot qanday jihozlangan?14

Xuddi shunday, AQSH maxsus xizmatlari ham xorijdan keltirilgan samolyotni juda sinchiklab tekshiradi. Zamonaviy va ulkan Boeing 747 samolyotini tekshirish juda murakkab ish va bu qancha vaqt olishi noma’lum.

Yangi tizimlarni o‘rnatish ham vaqt, ham mablag‘ talab qiladi. Eng optimistik prognozlarga ko‘ra, bu bir necha oy davom etadi, ammo ayrim skeptiklar samolyotni to‘liq qayta jihozlash Trampning ikkinchi muddati oxirigacha cho‘zilishi mumkinligini aytmoqda. Bu holda, Qatar tomonidan sovg‘a qilingan samolyot Prezident kutubxonasiga topshiriladi va Tramp undan shaxsiy parvozlar uchun foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Samolyotning asosiy texnik xususiyatlari

Uzunligi: 76,25 m

Qanotlar kengligi: 68,4 m

Balandligi:19,51 m

Maksimal uchish vazni: 447 969 kg

Maksimal yuk ko‘tarish vazni: 76 067 kg

Parvoz masofasi: 6 700 km

“Uchar qasr”: Qatar Trampga sovg‘a qilgan 400 million dollarlik samolyot qanday jihozlangan?15

Boeing 747-8 yana qaysi davlatlarda mavjud?

Saudiya Arabistoni: 2009-2015 (Marokashga sotilgan);

Qatar: 2012 yildan buyon (hozirda 3 ta mavjud, avval 4 ta edi);

Ummon: 2012 yildan buyon;

Bruney: 2016 yildan buyon;

Xitoy: 2014 yildan buyon;

Quvayt: 2016 yildan buyon;

Marokash: 2017 yildan buyon (Saudiya Arabistonidan sotib olingan);

Turkiya: 2018 yildan buyon (Qatardan sovg‘a);

Misr: 2021 yildan buyon;

Koreya: 2022 yildan buyon.