Holand YeChLda hafta qahramoni deb topildi

UEFA rasmiy sayti Chempionlar ligasi 1/8 final javob o’yinlaridan keyin hafta qahramonini aniqladi.

Unga ko’ra, «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand UEFA tomonidan Chempionlar ligasida hafta qahramoni deb topildi. Norvegiyalik goleador «Leypsig»ga qarshi kechgan uchrashuvda (7:0) 57 daqiqa ichida penta-trik qayd etgandi.

Hafta qahramoni bo’lish uchun 5ta gol kiritgan Holanddan tashqari, «Napoli» forvardi Viktor Osimhen, «Inter» yarimhimoyachisi Hoqon Chalxono’g’lu va «Real» hujumchisi Karim Benzema ham nomzodlar safiga kiritilgan edi.